Ijtimoiy xamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruxlarning umumiy maqsad
yo‘lidagi hamjihatligi.
Millatlararo totuvlik – muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi,
hamkorlikda faoliyat yuritishi
Diniy bag‘rikenglik – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob
g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi
Ichki taxdidlar – o‘z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga qaratilgan g‘oya, xatti-
harakatlardir.
Tashqi taxdidlar – tashqi tahdidlar asosan g‘oyaviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘ladi.
Ekstremizm – O‘z maqsadi yo‘lida har qanday keskin tadbir-choralar ko‘rishga tarafdorlik.
Hizbut-taxrir – reaksion ruxdagi diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, arab tilidan “Ozodlik partiyasi” degan
ma’noni bildiradi
Mulk – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarish va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda
ifodalanadi. Mulkning ijtimoiy va xususiy shakllari mavjud.