Demokratiya – xalq hokimiyati.
Yangi jamiyat – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin
demokratik jamiyat.
An’ana – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar
o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va
xususiyatlarining takrorlanish tarzi.
Urf-odat – kishilar turmushiga singib ketgan, doim takrorlanib turadigan xatti-harakat, ko‘pchilik
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va ko‘nikmalar.
Mustaqillik – 1) Tazyiqdan, nazoratdan xoli bo‘lish, erkinlik; 2) iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tobe
bo‘lmaslik. O‘zbek tilida Mustaqillik atamasi odatda istiqlol so‘zi bilan yaqin ma’noda qo‘llaniladi va
uzluksizlikni anglatuvchi chuqur, keng qamrovli jarayonni aks ettiradi.
Fenomen – (yun. Phainomenon – yuz beruvchi) – 1) ko‘zga ko‘rinib turgan hol; 2) noyob, kam
uchraydigan hol, yoki buyuk, yagona bo‘lgan inson; 3) hissiy bilish, tajribada berilgan ma’lum bir holni
anglatuvchi falsafiy atama; hissiy tajriba yordamida payqaladigan va anglanadigan hodisa, jonli mushohada
obyektini bildiradigan tushuncha.
Milliy g‘urur – 1) shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari
qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘zga
millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.
Muholifat – (arabcha «muholafat» - kelishmovchilik, teskarilashish, qarama-qarshilik, ziddiyat) –
rasmiy siyosatga, hukmron qarashlarga mos bo‘lmagan nuqtai nazar, alohida siyosiy yo‘l, demokratiyaning
muhim belgisi. Muholifat uch xil bo‘lishi mumkin: a) parlament doirasida; b) undan tashqarida; yohud v)
siyosiy partiyalar ichida.
Ma’rifat – Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat
bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat
so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati
haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |