Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan
tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko‘lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va
harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy
axborot vositalari ham mansubdir.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining
yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
Integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo‘lishi va, mamlakat
taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o‘zaro ta’sir
etishi jarayoni.