O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Aqidaparastlik – muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni
mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan
holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinish. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo‘llanib, muayyan olim yoxud
oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni
anglatadi.
Fanatizm – Biron g‘oyaga, shaxsga uning mazmunini, mohiyatini chuqur anglamasdan johillarga
ishonish va unga ergashishdir va u hayotda turli sohalarda uchraydi.
Manqurt – «Manqurt» o‘z eli, tarixi, qon-qarindoshini, hatto o‘zi tuqqan onasini ham unutgan, o‘z
kelajagini tasavvur eta olmaydigan kishilar va xalqlarning majoziy obrazi. U xalqlarning manqurtlarga
aylanishida bosh aybdor davlat va mafkuraga to‘la bo‘ysundirilgan jamiyatdir degan xulosaga keladi.
Masalan, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida «Manqurt» afsonasidagi shaxs obrazi.
Tafakkur – (arab. – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari
aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks etadigan bilishning
ratsional bosqichi.