O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
 
 ILOVALAR 
1-ilova  
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “G‘oya” tushunchasi, 
uning mohiyati va mazmuni haqida 
Milliy  g‘oya  deganda,  ajdodlardan  avlodlarga  o‘tib,  asrlar  davomida  e'zozlab  kelinayotgan,  shu 
yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va 
hayot  talabiga  aylanib  ketgan,  ta'bir  joiz  bo‘lsa,  har  qaysi  millatning  eng  ezgu  orzu-intilish  va  umid-
maqsadlarini  o‘zimizga  tasavvur  qiladigan  bo‘lsak,  o‘ylaymanki,  bunday  keng  ma'noli  tushunchaning 
mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz. 
I.Karimov.  Yukak  ma'naviyat  –  engilmas  kuch.  T.,  “Ma'naviyat”  2008  yil,  71-bet. 
*************************************************************** 
Milliy  g‘oya  haqida  juda  ko‘p  va  uzoq  fikr  yuritish  mumkin.  U  hayotning  o‘zi  kabi  cheksiz  mavzudir. 
Milliy g‘oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi va uni o‘zida ifoda etadi. 
I.Karimov.  “Turkiston”  gazetasi  muxbirining  savollariga  javoblar,  1998  yil  2-soni  “Biz 
kelajagamizni  o‘z  qo‘limiz  bilan  quramiz”.  T.  7.  T.,  “O‘zbekiston”  1999  yil.  297-b. 
*************************************************************** 
Millatni asrash kerak, millatni asrash uchun esa uning haqiqiy tarixini o‘rganish, avaylab himoyalash kerak. 
Milliy g‘oya haqida gapirganimizda ana shu jihatlarni albatta inobatga olishimiz zarur. 
O‘ylaymanki, bu sohada eng ustuvor vazifamiz-xalqimiz orasida katta ma'rifiy-amaliy ishlarni olib 
borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng 
ommaga  ta'sir  o‘tkazishga,  xalqni  o‘ziga  tarafdor  etishga  xizmat  qiladigan  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy, 
ma'naviy manbalarni to‘g'ri belgilab olishdir. 
I.Karimov.  “Hushyorlikka  da'vat”.  O‘zbekiston  Milliy  axborot  agentligi  muxbirining  savollariga 
javoblar,  1999  yil  iyun.  “Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard  maqsadimiz”.  T.8.  T., 
“O‘zbekiston” 2000 yil. 23-b. 
*************************************************************** 
Odamzod qanday tizim, qanday  muhitda yashamasin, baribir  o‘z qalbida muayyan bir  g‘oyaga, maslak-
maqsadga ehtiyoj sezadi. 
I.Karimov.  Hushyorlikka  da'vat.  O‘zbekiston  Milliy  axborot  agentligi  muxbirining  savollariga 
javoblar,.  1999  yil  iyun.  “Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard  maqsadimiz”.  T.8.  T., 
“O‘zbekiston” 2000 yil. 23-b. 
*************************************************************** 
Milliy  g‘oyamiz  shu  yurtda  yashayotgan  barcha  odamlarning  olijanob  niyatlarini,  hayotiy  manfaatlarini 
mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga 
oladi 
I.Karimov. Yukak ma'naviyat – engilmas kuch. T., “Ma'naviyat” 2008 yil, 72-bet. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin