I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur”
jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan
quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 89-b.
***************************************************************
Sodda qilib aytganda, jamiyatmizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish oddiy inson va uning
manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun
kuch-g'ayrat manbai bo‘lishi lozim.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur”
jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan
quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 91-b.
***************************************************************
Bu mafkura, xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha'ni-sharafi, or-nomusi, ishonch e'tiqodini
ifodalaydigan, jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda
muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g‘oyalar tizimidir.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur”
jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan
quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 99-b.
***************************************************************
Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy ijtimoiy masala, har qanday
jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy
kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lgan kelgan.
I.Karimov. Milliy istiqlol mavkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor”
gazetasi muxbiri savollariga javoblar. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard
maqsadimiz”.T.8. T., “O‘zbekiston” 2000 yil. 490-b.
***************************************************************
Mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida
mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot
mavjud ekan mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan ular o‘z taraqqiyot yo‘lini, ertangi
kun ufqlarini o‘zining milliy g‘oyasi milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.
I.Karimov. Milliy istiqlol mavkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi
muxbiri savollariga javoblar. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”.T.8. T.,
“O‘zbekiston” 2000 yil. 490-b.
***************************************************************
Yangilanishlar jarayonini, islohotlarni mafkurasiz amalga oshirish mumkinmi, umuman mafkurasiz
yashash mumkinmi yoki yo‘qmi?
Men shu o‘rinda ulug' Ahmad Yassaviy bobomizning bir fikrini keltirib o‘tmoqchiman: “Agar
odamda ishonch bo‘lmasa, odamda din bo‘lmasa, umuman, mafkura bo‘lmasa, u hayvonga o‘xshagan bir
jinsga aylanib qoladi”. E'tibor bering, olis o‘tmishda yashagan ajdodlarimiz ham mafkura inson ma'naviy
kamolotining,
jamiyat
taraqqiyotining
asoslaridan
biri
ekanini
ta'kidlashgan.
I.Karimov. Mafkuraviy kurash masalasi bo‘yicha Oliy majlis V sessiyasi foyesida jurnalistlar bilan bo‘lgan
suhbatdan, 2001 yil 11-12 may. “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz”. T.9. T., “O‘zbekiston” 2001
yil. 339-b.
***************************************************************
Yangi mafkuraning asl mazmuni – yangicha, erkin fikrlaydigan, mutelik va jur'atsizlik tuyg'usidan mutlaqo
xoli,
mustaqil
insonni
tarbiyalashddir.
Buyuk kelajagimizning xuquqiy kafolati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir yilligiga
bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so‘zlangan nutq. 1993 yil 7 dekabr. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.
T.2. T., “O‘zbekiston”, 1996 yil,110-bet.
***************************************************************
Dostları ilə paylaş: