(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.,
“O`zbekiston”, 2016 12-bet)
“Bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish - davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga
to‘sqinlik qilish, deb baholanadi”.
(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.,
“O`zbekiston”, 2016 15-bet)
“Biz uchun bebaho boylik bo‘lgan inson salomatligini asrash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasini,
eng avvalo, uning birlamchi bo‘g‘inidagi bo‘linmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan
takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatadigan, ixtisoslashgan
maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish
Hukumatning e’tibor markazida bo‘lishi darkor”.
(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.,
“O`zbekiston”, 2016 16-bet)
“Aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirish
uchun aniq choralar ko‘rishni men o‘zim uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman. Endi
nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlarning
ham bu boradagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning
ishiga baho beriladi.”.
(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.,
“O`zbekiston”, 2016 17-bet)
“
Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan - shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham
Dostları ilə paylaş: