- shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak - odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo xalkimiz bilan. SHunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan xam bizdan rozi bo‘ladi”.
(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T., “O`zbekiston”, 2016 18-bet) “Biz barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan
mutlaqo yangi tizimga o‘tishimiz darkor. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar,
prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi”.
(Mirziyoyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T., “O`zbekiston”, 2016 18-bet) “Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning xuquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. Shu borada bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga