2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy g‘oyaning jamiyat
taraqqiyoti uchun zarurligi to‘g'risida.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning eng katta xizmatlaridan biri odamlarning
tafakkurini o‘zgartirish, ularning ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini
shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qilgani bo‘ldi. Ma'lumki, akademik Islom
Abdug'anievich Karimov o‘zidan bebaho ilmiy, ijtimoiy-siyosiy meros qoldirdi. Vatanimiz Islom
Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”(1996), “Bizdan ozod va
obod Vatan qolsin”(1996), “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”(1996), “Yangicha fikrlash va
ishlash davr talabi”(1997), “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”(1998), “Biz kelajagimizni
o‘z qo‘limiz bilan quramiz”(1999), “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz”(2000), “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”(2002), “O‘zbek xalqi hech
qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”(2006), “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch”(2008),
“Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari”(2009), “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”(2011), “Ona Vatanimiz baxtu
iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”(2015) va boshqa asarlari hamda
ma'ruzalarida bayon qilingan g‘oyalari asosida rivojlanishning ravon yo‘liga chiqib oldi. Mazkur
manbalar asosida milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun zarurligi nazariy konseptual jihatdan
asoslab berildi.
Milliy g‘oyaning xalq ongiga singdirilishi milliy manfaatlarni to‘g'ri belgilashga va o‘z
navbatida vatanparvar, mas'uliyatli insonlarlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Shu ma'noda
hayot Birinchi Prezidentimizning “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa
odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar”
9
degan fikrining naqadar to‘g'ri ekanini
isbotladi. “Ushbu g‘oyani qanday zarurat shakllantirdi?” va “Undan ko‘zlanayotgan maqsad-
muddaolar nima?” degan savollarga javoblar buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Karimovning
ko‘p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-mulohazalarida o‘z aksini topdi. Bu asarlarda milliy
istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari aniq ifodalab berilgan.
Ushbu yaxlit ta'limotning nazariy manbalarini o‘rganishda Birinchi Prezidentimizning
istiqlolni ilk yillaridayoq chop etilgan asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, ayniqsa,
“O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” nomli birinchi jildga kirgan asarlarni
alohida ta'kidlash lozim. Ushbu jilddan o‘rin olgan “Istiqlol yo‘li: muammolar va rejalar" asarida
ham bu masalaga katta e'tibor berilgan. Jumladan, davlatimiz rahbari mazkur asarda bugungi
kunda ham xalqni yakdil qila oladigan ishlar va g‘oyalar oz emasligi, ularning ichida eng ulug'i,
eng olijanobi — O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini ta'minlash ekanini alohida
ta'kidlaydi. Ushbu fikrning davomida “Mafkura hukmron bo‘lgan joyda tenglik va adolat
bo‘lmaydi. Biz buni o‘tmishdagi achchiq tajribamizdan juda yaxshi bilamiz”
10
degan tarix haqiqati
o‘z ifodasini topgan.
Milliy g‘oyaning nazariy asoslari, mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarining jamiyat
hayotida o‘rni, ahamiyati va zarurligini yangicha idrok etishda Islom Karimovning “Tafakkur”
jurnali Bosh muharriri savollariga javoblari aks etgan “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq,
millatni - millat qilishga xizmat etsin” asari, shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Asarda
jamiyat mafkurasining asl ma'no-mohiyati, “xalqni — xalq”, “millatni — millat” qilishga xizmat
qilishdan iborat asosiy vazifasi bilan bog'liq yo‘nalish va muammolar atroflicha tahlil etib
berilgan.
Buyuk davlat arbobi Islom Karimov ushbu asarda jamiyat mafkurasiga quyidagicha ta'rif
beradi. “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga
asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini
9
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. - T.: “O'zbekiston”, 1999, 843-bet
10
Karimov I.A. O’zbekistan: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. - T.: «O’zbekistan», 1996, 14-bet
aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos
ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”
11
.
Milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari bilan bog'liq masalalar buyuk
davlat va jamoat arbobining “Milliy g‘oya — xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”
mavzuida “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida o‘z aksini topgan. Unda
ta'kidlanganidek, bugungi dunyo insonlar va xalqlarning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan
turli g‘oyalarning sinov maydoniga aylanib qoldi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida
“mafkuraviy immunitet”, “mafkuraviy profilaktika” kabilardir. Ana shu tushunchalarning
mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini
yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni tug'iladi. “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini
Birinchi Prezidentimiz dastlab Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta'rif bergan -
“Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi
immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-
bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa,
ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur”
12
.
Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy
sog'lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prezident
Islom Karimov “Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning
muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishimiz zarar”ligi haqidagi fikrni alohida ta'kidlaganlar
13
.
Milliy g‘oyaning nazariy manbalari qatorida Prezident Islom Karimovning Oqsaroy
qarorgohida 2000 yilning 6 aprelida bir guruh ziyolilar, olimlar va mutaxassislar bilan bo‘lib
o‘tgan yig'ilishdagi ma'ruzasi alohida ahamiyat kasb etadi. “Milliy g‘oya - davlatimiz va
jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma'naviy kuch-quvvat manbai” mavzuidagi mazkur
ma'ruzada ta'kidlanganidek, o‘z davlatchiligiga ega bo‘lishni ko‘zlagan har bir xalq o‘z maqsadiga
olib boradigan g‘oya va mafkurani belgilab olishga harakat qiladi, zero, busiz biror jamiyat, davlat
taraqqiyotga erisha olmaydi. Kelajak sari yo‘naltiruvchi kuch vazifasini esa milliy g‘oya, milliy
mafkura bajaradi”
14
. Ushbu asarda Birinchi Prezidentimiz milliy mafkura hech qanday holda
davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilmasligi kerakligi, mamlakatimizda g‘oyalar xilma-xilligi
saqlangan holda har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrlarini erkin ifoda
etishi, shu bilan birga milliy g‘oya davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimiz yuksalishi yo‘lida, buyuk
kelajak barpo etishda va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizda yagona
birlashtiruvchi kuch-qanot bo‘lishi shartligini ta'kidlagan edilar.
Prezident Islom Karimov asarlar to‘plamining 9-jildida ham mamlakatimiz taraqiyotining
barcha muhim masalalari teran nazariy tahlil qilingan, amaliy maqsad va vazifalar belgilab
berilgan. Jumladan, 2000-yil “O‘zbekiston” nashriyotida nashrdan chiqqan “Milliy g‘oya: asosiy
tushuncha va tamoyillar” risolasiga Islom Karimov yozgan so‘z boshida milliy g‘oyaning asosiy
maqsadi, mazmun mohiyati, uni shakllantirish yo‘nalish va tamoyillari haqida to‘xtalib, shunday
deb yozadi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda
yashaydigan, millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati
uchun doimo mas'uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy
qadriyat va an'analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni
tarbiyalash, ularning yaratuvchanlik ishlarga da'vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni
hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”
15
.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
asarlarida
jamiyat
rivojlanishi
qonuniyatlari,
shart-sharoitlari
va
omillariga
amal
qilib
kelingan
turli
xil
11
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. - T.: “O'zbekiston”, 1996, 89-bet
12
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 494-bet
13
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 494-bet
14
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 440-bet
15
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. 9-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2001, 222-bet
qarash va yondoshuvlarga nisbatan yangicha konseptual g‘oyalar asoslab berildi va
ishlab chiqilganligini quyidagi g‘oyalar orqali ko‘rish mumkin:
“Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi
yo‘l qo‘ymaydi”
16
– deb ta'kidlaydi Birinchi Prezident I.Karimov. Demak jamiyat
rivojlanishi to‘g'risidagi qarashlarni o‘zgartirish jamiyat rivojlanishi bilan bog'liq kommunistik
g‘oya aqidalardan voz kechish zamon o‘zgarishlarini hisobga olishga alohida e'tibor qaratiladi. Va
mavjud
an'anaviy
qarashlarni
o‘zgaritirish
bilan bog'liq g‘oyalar va qarashlar o‘rtaga tashlanadi.
Natijada
jamiyat
rivojlanishi
to‘g'risida
mavjud
bo‘lgan an'anaviy qarash
o‘zgardi. Uni quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin:
• jamiyat, jamiyat rivojlanishi tushunchalariga yangicha qarash amalga oshirila boshlandi. U
materialistik dialektika qolipidan, prinsiplaridan xalos etildi;
• jamiyat taraqqiyoti faqat moddiy ishlab chiqarishga bog'liq degan g‘oyaga yangicha
qarashga asoslanildi. Formatsion qarashdan voz kechildi. Jamiyat taraqqiyotiga sivilizasion
yondoshuv amal qila boshladi;
• jamiyat taraqqiyotiga sinfiy qarashdan voz kechildi. Jamiyat rivojlanishida inson omiliga
– oliy qadriyat sifatida qarala boshlandi;
• jamiyat rivojlanishini inson va ongi tafakkuriga bog'liq ekanligiga alohida e'tibor berila
boshlandi. “Ong va tafakkur o‘zgarmasa ijtimoiy hayot o‘zgarmaydi” (I.Karimov) degan g‘oya
ilgari surildi va ilmiy asoslab berildi;
• jamiyat iqtisodiy negizi o‘zgartirildi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-
xilligiga o‘tildi.
• Jamiyat rivojlanishi “ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi”
17
bilan bog'liq qonuniyatga
amal qila boshladi.
Jamiyat
rivojlanishi
to‘g'risidagi
yangicha
ilmiy-nazariy
g‘oyalarning
o‘zgarishi
ijtimoiy
hayot
sohalarini
tubdan
o‘zgartirish
bilan
bog'liq.
Bu
buyuk siyosat va davlat arbobi I.Karimov asarlarida “O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan
rivojlanishi” hamda “o‘zimizga xos va mos taraqqiyot yo‘lidan boramiz” va “o‘z kelajagimizni
o‘z qo‘limiz bilan quramiz” g‘oya va maqsadlarida orqali aniq ifodasini topadi. Va jamiyat
rivojlanishi buning uchun muayyan o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tish zarurligi,
mohiyati asoslab beriladi.
Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o‘zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy g‘oyaviy asoslarini tubdan o‘zgartirish va yangicha asosga (negizga)
o‘tkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan
o‘zgardi. Uning huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida ko‘ramiz. Unga
ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning
xilma-xilligi
asosida
rivojlanadi.
Hech
qaysi
mafkura
davlat
mafkurasi
sifatida
o‘rnatilishi mumkin emas”
18
.
Shuni ta'kidlash kerakki, Islom Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishi bosqichlari
quyidagicha asoslab berilgan.
1. 1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi
2. 1991-2000 yillar - O‘tish davri bosqichi
3. 2000-2007 yillar - Mamlakatni modernizasiyalash
4. 2007 yildan 2016 yil sentabrgacha - Mamlakatda demokrataik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi.
Mazkur jamiyat rivoji bosqichlarida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada quyidagi tub o‘zgarishlar
amalga oshirildi:
-
Kommunistik g‘oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g‘oya: asosiy tushunchalari va
tamoyillari ishlab chiqildi;
16
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T.: “O'zbekiston”, 2011
17
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengimas kuch. T., 2008
18
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 12-modda, 2017
-
Milliy g‘oya negizlariga tayangan holda O‘zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning o‘ziga
xos xususiyatlari asoslab berildi;
-
Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar,
demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi.
Xullas, Islom Abduganiyevich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining
asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
jarayonlarning xassos yetakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir. Shu sababli
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: “Haqiqatdan ham, Birinchi Prezidentimiz
biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil O‘zbekiston bunyodkori sifatida
tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo‘lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi”
19
.
Dostları ilə paylaş: |