O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Milliy g‘oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
3. Milliy g‘oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari
moddiy va nomoddiy merosi, qadriyatlari bilan bog'liqligi. 
Jamiyat  ma’naviyatini  yuksaltirish  sohasidagi  eng  asosiy  vazifa,  deb  ta’kidlagan  buyuk 
davlat  va  jamoat  arbobi  Prezident  Islom  Karimov,  milliy  istiqlol  g‘oyasini  shakllantirish  va 
odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. 
O‘zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishgan  kundan  boshlab  jamiyatimizning  milliy 
g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 
1993- yil 23- aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy 
istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  XII  sessiyasida  1993-  yil  7-may  kuni  nutq 
so‘zlab, Prezident Islom Karimov quyidagilarni ta’kidladi: 
•  milliy  istiqlol  g‘oyasi  xalqimizning  azaliy  an’analariga,  udumlariga,  tiliga,  diliga, 
ruhiyatiga  asoslanib,  kelajakka  ishonch,  mehr-oqibat,  insof,  sabr-toqat,  adolat,  ma’rifat 
tuyg‘ularini  ongimizga singdirishi lozim
•  shu  bilan  birga,  bu  g‘oya  xalqimizda,  o‘zining  qudrati  va  himoyasiga  suyangan  holda, 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng 
huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak. 
„Тafakkur“  jurnalining  1998-  yil  2-  sonida  jurnal  bosh  muxbirining  savollariga  Birinchi 
Prezident Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy g‘oyamizni 
nazariy  va  amaliy  jihatlari  yanada  chuqurroq  yoritildi.  Bugungi  kunda  sobiq  Ittifoq  zamonida 
hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik 
mafkurani  tanqid  qilish,  taqiq  qilish,  ma’muriy  choralar  ko‘rish  yo‘li  bilan  yengib  bo‘lmaydi. 
“G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga 
kirishish, olishish mumkin“, - degan haq fikrni ilgari surdi Islom Karimov. 
Milliy  istiqlol  g‘oyasidan  kutilgan  maqsad  nima?  “Maqsad  degani  -  xalqni,  millatni 
birlashtiruvchi,  yo‘lga  boshlovchi  bamisoli  bir  bayroq.  Bu  bayroq  butun  O‘zbekiston  xalqining 
ruhini,  g‘urur-iftixorini,  kerak  bo‘lsa,  qudratini,  orzu-intilishlarini  mujassamlashtiradigan  ulug‘ 
kuchdir... Тoki bu maqsad xalqni - xalq, millatni – millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir 
kuchga aylansin”. 
Buyuk davlat arbobi I. A. Karimov Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari 
va qarashlari yuzaga chiqishi kerak? - degan savolga quyidagicha javob bergan edi: 
“Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish, oddiy 
inson  va  uning  manfaatlarini  ifoda  etishi,  xalqimizning  bexatar,  tinch-omon,  farovon,  badavlat 
turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim”. 
Prezident  I.  A.  Karimov  suhbatda  “Xo‘sh,  milliy  g‘oya,  milliy  mafkura  nimalarni  o‘zida 
mujassamlashtirishi  va qanday talablarga javob berishi  kerak?” degan savolni qo‘yadi  va unga 
javob  berar  ekan,  quyidagi  dasturiy  ahamiyatga  molik  fikr-mulohazalarni,  vazifalarni  ilgari 
surgan: 
                                                 
19
 Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.  Toshkent –“O‘zbekiston” -2016, 41-bet 


birinchidan, milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash 
tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga 
bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart
•  ikkinchidan,  jamiyatimizda  bugun  mavjud  bo‘lgan  xilma-xil  fikrlar  va  g‘oyalar,  erkin 
qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning 
e’tiqodi  va  dunyoqarashidan  qat’iy  nazar,  ularning  barchasini  yagona  milliy  bayroq  atrofida 
birlashtiradigan,  xalqimiz  va  davlatimizning  daxlsizligini  asraydigan,  el-yurtimizni  eng  buyuk 
maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi kerak; 
• uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan,  
boshqa  elat  va  xalqlarni  mensimaslik,  ularni  kamsitish  kayfiyati  va  qarashlaridan  mutlaqo  xoli 
bo‘lib,  qo‘shni  davlat  va  xalqlar,  umuman  jahon  hamjamiyatida,  xalqaro  maydonda  o‘zimizga 
munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor; 
• to‘rtinchidan, milliy  g‘oya birinchi navbatda  yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga 
sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  ularning  qalbiga  insonparvarlik  va  odamiylik  fazilatlarini  payvand 
qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur; 
• beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, 
o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, 
jahon  va  zamonning  umumbashariy  yutuqlariga  erishmoqqa  yo‘l  ochib  beradigan  va  shu 
maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin