O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy intilishlari, bunyodkorlik
faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Bunda yoshlarda o‘tmish tariximizga buyuk bobokalonlarimizga hurmat hissini
uyg‘otish, ular bilan faxrlanish, ularning jahon tarixida tutgan o‘rinlarini yoshlar ongiga singdirish
Vatanimizning kelajagini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimizga vorislik asosida yondoshish jamiyatimiz
jipsligini ta'minlashda muhim vositadir. Shu o‘rinda qadriyat tushunchasining mazmunini
tushunish lozim. Har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o‘zida
mujassam etadi.