O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir.  
Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi  ta’sirini  uning  o‘zi  baholay  olmaydi,  balki boshqa  
inson  baholaydi.  Demak,  qadriyat   sifatidagi   inson ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon 
bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga 
baho  beradi.  Bahoda  teskari  munosabat,  boshqa  bir  kishining  qadriyat  sifatida  qaralayotgan 
obyekt, narsa, hodisa,  ideal  va  boshqaga  nisbatan  munosabati,  uni anglashning biror bir darajasi 
o‘z  ifodasini  topadi.  Bu  jarayonda  subyekt  qadriyatga  munosabatini  baho  tarzida  ifodalaydi.  


Qadriyatning mazmuni  va  ahamiyati bahoda  to‘la-to‘kis  aks  etmasligi,  turlicha ifodalanishi 
ham mumkin. Qadriyatning  haqiqiy  qadrini,  mazmuni  va ahamiyatini  bahosiga  qarab  aniqlash 
qiyin    bo‘ladigan    hollar    ham    uchraydi.  Masalan,    ba’zi  narsalar    (san’at  asarlari,  obidalar,  
yodgorliklar  va  boshqalar)  qadrining nihoyatda balandligi ularga “bebaho” degan sifat berilishiga 
sabab bo‘ladi. Aslida qadriyatning  qadrini bilish,  uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-
biri bilan uzviy bog‘liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab  olinmasa,  qadri  
to‘g‘ri  tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Aynan shu  ma’noda  qadriyatni  baholash  
unga bo‘lgan insoniy munosabatni ham ifodalaydi,  bu  esa,  o‘z  navbatida,  kishilarning talab-
ehtiyojlari  va  maqsadlari  bilan  bog‘liqdir.  Inson  nimanidir  baholayotganida    va    qadrini  
anglayotganida   o‘z  ma’naviyati, bilimi,  ehtiyojlari, talablari,  maqsadlaridan kelib chiqadi,  o‘z 
manfaatlarini ham unutmaydi. Bu ehtiyoj, talab, maqsadlar va biror foyda olishni  ko‘zlash ham 
ma’naviy xususiyatga ega  bo‘lganidan,  muayyan kishilarning u yoki bu qadriyat, uning qadri va 
ahamiyati  haqidagi  fikri  (bahosi) muayyan darajada  nisbiydir. Kimningdir  yoki  nimaningdir  
qadrini baholashda ishtirok etayotgan turli maqsad va ehtiyojga ega bo‘lgan kishilar soni ortgani 
sari,  uning  haqiqiy  bahosini  aniqlash  qiyinlashib  boraveradi.  Xullas,  qadr  tilimizda  xilma-xil 
ma’noni  anglatadi  va  ma’naviy  qiyofamizni  ko‘rsatadigan  sermazmun  tushunchalardan  biri 
hisoblanadi. 
Qadriyat esa inson va jamiyat ma’nayatining tarkibiy qismi, olamdagi  voqealar, hodisalar, 
jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. 
“Qadriyatshunoslik  (aksiologiya)”  ning  eng asosiy kategoriyasi.  Bu kategoriya o‘zida qadriyat 
asosining  nafaqat  qimmatini,  balki  ijtimoiy  ahamiyati,  falsafiy-aksiologik  mazmuni,  jamiyat  va 
inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan, insonning 
ijtimoiy  qadrini,    ahamiyatini    ifodalaydigan  umumiy  va  universal  kategoriya  sifatida 
foydalanadilar. Qadriyat turli sohadlarda xilma-xil ma’noda qo‘llanadi. Qadriyat so‘zining turfa 
xil  ma’noda  ishlatilishi  unga  berilgan  ta’riflarning  turlicha  bo‘lishiga  olib  kelgan.  Ijtimoiy 
fanlarning qanday  sohasida  qadriyatga  doir  tadqiqot  olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu 
jihatdan ta’rif beradi. 
Shunday qilib,  qadriyat biror tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan,  subyekt uchun  muayyan 
ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, ko‘rinishlari, narsalar,  hodisalar,  
jarayonlar,    munosabatlar,  turli  sifatlar,    xususiyat,    axloq  va  ma’naviylik  mezonlari  hamda 
boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy  ahamiyati  va  qadrini  ifodalaydigan umumiy aksiologik 
kategoriyadir.  
Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda yashayotganliklariga 
qaramasdan,    u  yoki    bu  narsaning  qadri  turlicha  anglab  olinadi,  tushuniladi  va  talqin  qilinadi. 
Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri,  qarashlari  o‘zgaradi, 
bu esa taraqqiyot  jarayonida odamlarning turmush sharoitlari,  hayoti va  ma’naviy qiyofasidagi 
o‘zgarishlar  bilan  bog‘likdir.  Turli  xil    jihatlar    har    qanday    qadriyatning    qarama-qarshi 
tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi  va  salbiyligi,  baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga 
mutlaqo  zid  ko‘rinadigan  “yaxshilik”  va “yomonlik”,  “haqiqat”  va  “haqsizlik”,“baxt-saodat” 
va  “g‘am-kulfat”,    “tadrijiylik”    va    “inqilobiylik”,    “taraqqiyot”  va  “tanazzul”,  “borliq”  va 
“yo‘qlik”  kabi  tushunchalar    hayotning    bir-biri    bilan    qarama-qarshi  bog‘langan  jihatlarini 
ifodalaydi. Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb  
etadi,  tarixiy  zaruratga  mos  ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi 
pog‘onasiga  chiqadi,  boshqalari  xiralashgandek  tuyuladi.  Natijada  ijtimoiy    rivojlanish  va 
taraqqiyot    qonuniyatlariga  mos  ravishda,  oldinga  chiqib  olgan  qadriyatni  barqarorlashtirishga 
nisbatan  intilish  kuchayadi.  Masalan,  yurtni  yov  bosganda  -  ozodlik,  imperiya  hukmronligi 
nihoyasida  -  istiqlol,  urush  davrida  -  tinchlik,  tutqunlikda  -  erkinlik,    xastalik    va    bemorlik 
paytlarida - sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. 
Qadriyatlarning  asosiy  shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof 
etgan  yagona  namunalar  yo‘q.  Qadriyatlarni  moddiy  va  ma’naviy,  milliy,  mintaqaviy  va 
umuminsoniy  turlarga  bo‘lish  mumkin.    Qadriyat  shakllari  ham  ularga  mos  ravishda  tabiat  va 
jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa,  jarayonlar  o‘zaro  uyg‘unlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy 


aloqadorlikda  namoyon  buladi.  Bunday  hollardagi  taqpil  jarayonida  ilmiy  bilishning  tizimlilik  
usuli,  alohidalik,  xususiylik  va  umumiylik,  butun  va  bo‘lak  kategoriyalarining dialektikasiga 
asoslanish    qo‘l    keladi.    Bunda    qadriyat    shakllari  bog‘langan  obyekt,  jarayonlarning  makon 
hamda  zamonda  zohir  bo‘lishi,  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar  va  aloqalarni  o‘rganish,  obyektiv 
asosi, subyektiv jihatdan anglanishi,  umumiy,  xususiy  va  alohida jihatlarini tahlil qilish imkoni 
tug‘iladi. Bu esa qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqa,  bog‘lanish 
hamda  ularning  in’ikosi  bo‘lgan  eng  umumiy  qadriyat  tizimlariga  xos  xususiyatlarni  o‘rganish 
imkonini beradi. Mustaqillikkacha qadriyatlar mavzusi  keng o‘rganilmas  edi.  Istiqlol davrida bu 
masalaga  alohida  e’tibor    qaratilmoqda,    qadriyatlar    to‘g‘risidagi  fan  -    qadriyatshunoslik 
respublikamizdagi ijtimoiy fanlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib,  bu  yo‘nalishda  tadqiqot  va  
izlanishlar olib borilmoqda, ko‘plab asarlar nashr etilmoqda. 
Mustaqillik  ona-Vatanimizga  va  xalqimizga  inson  sifatida  hayotdan  bahra  olib  yashashi 
uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib, el-yurt bo‘lib, jahonda o‘z o‘rnini topishiga zarur bo‘lgan 
shart-sharoitlarni  yaratib  berdi.  Bularning  bari  imkoniyatlar  darajasida  qolib  ketmasligi  uchun 
yoshlarimizni har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishishi 
uchun  ota-bobolarimizdan  bizga  meros  bo‘lib  qolgan  tarixiy,  diniy  va  milliy  qadriyatlarimizni 
o‘zimiz avvalo har tomonlama o‘rganishimiz hamda boshqalarga targ‘ib va tashviq qilishda doimo 
oldingi safda bo‘lishimiz lozim. 
Shu  bois  Birinchi  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  avvalo,  “...  milliy  mafkuramiz 
xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, 
o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, 
zamonaviy,  umumbashariy,  umuminsoniy  yutuqlardan  oziqlangan,  ularni  o‘ziga  qamrab  olgan 
holda,  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  manfaati,  uning  farovonligi  yo‘lida  xizmat  qilmog‘i 
darkor.” 
Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyat darajasiga 
ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik 
kabi  g‘oyalarni  tarannum  etuvchi  mafkuralarga  tayanmoqda.  Umuminsoniy  qadriyatlar  va 
demokratik  tamoyillarga  asoslangan  g‘oyalarning  rivojlanib  borishi  insonda  juda  katta  umid-
orzular tug‘diradi. Chunki umuminsoniyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi bunday g‘oyalarning 
ro‘yobga  chiqishi  jahon  miqyosida  tinchlik  va  taraqqiyot,  inson  erkinligi,  milliy  va  diniy 
totuvlikning tantana qilishiga, oxir-oqibatda insonning  baxt-saodatga erishuviga olib keladi.  Bu 
esa insoniyatning asriy orzusidir.  
Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: 
- milliy mahdudlik agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo‘lish; 
urush  olovini  yoqish,  o‘zga  millatlarga  zulm  o‘tkazishdan  xoli  bo‘lish,  mamlakatlararo 
beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik; 
- adolat, tenglik tinchlik bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda ettirish
- jahon xalqlari yaratgan sivilizasiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviy-
ruhiy omil bo‘lish; 
-  insoniyatga  xavf  solayotgan  global  muammolarning  tahdidini  keng  tashviqot  qilish  va  unga 
qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish; 
-  diniy bagrikenglik g‘oyalarini o‘zida ifodalash; 
-  inson xaqhuquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish; 
-  qonun  ustuvorligini,  millatlararo  hamjihatlikni  va  siyosiy  barqarorlikni  vujudga  keltirish  va 
mustahkamlashga asos bo‘lish; 
-  har  bir  millatning  urf-odatlari,  an’analari  va  qadriyatlarini  hurmat  qllish,  ilgor  tajribalarini 
o‘rganish va o‘z millati erishgan yutuqlarini ularga yetkazish
- vayronkor va turli garazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining omili 
bo‘lish kabilardir. Ular o‘z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g‘oya uchun xos bo‘lgan 
umuminsoniy tamoyillardir. 


Milliy  g‘oya  nafaqat  milliy  qadriyatlarni  o‘z  ichiga  oladi,  balki    umumbashariy 
tamoyillarning  ham  o‘z  ichiga  singdiradi.  Ushbu  tamoyillarni  uyg’unligini  ko‘rsatish 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida muhim o‘ringa chiqishida ahamiyatlidir.  
Umuminsoniy  yoki  umumbashariy  qadriyatlar  insoniyat,  xalqlar,  millatlar  erishgan  oliy 
boylik  bo‘lib,  chinakam  milliy  g‘oyalar  ham  ana  shu  qadriyatlar  tamoyiliga  asoslanadi. 
Qadriyatlarning turlari ko‘p va  har birining ma’nosi juda keng. 
Har  qanday  qadriyat  inson  faoliyatining  mahsuli, uning  ob’ektiv olamiga  nisbatan  bo‘lgan   
munosabatining   ifodasi ,shu  bilan  birga inson  ma’naviy  kamolatining  muhim omili  ekanligi  
haqida    fikr  yuritishdan  oldin,  uning  ilmiy-falsafiy  ma’nosi,  paydo  bo‘lish  va  rivojlanishining  
ijtimoiy -iqtisodiy va ma’naviy ildizlari, shakllanishidagi shart -sharoit, imkoniyat va  zaruriyatlar  
milliy,  mintaqaviy, umumbashariy,  diniy  qadriyatlar  singari   turlari  nimalardan  iboratligini  
aniqlab  olishga  to‘g’ri  keladi.  
Qadriyatlar  deyilganida  jamiyat  taraqqiyoti  jarayonida  shakllangan  va rivojlangan,  faqat  
o‘tmish  davrlar  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etib  qolmasdan,  hozirgi  kundagi  va  kelajakdagi  
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va   madaniy  taraqqiyotga  ham  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  kishilar  
ongiga  singib  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadigan  moddiy,  ma’naviy,  tabiiy,  diniy,  axloqiy,  
falsafiy  va  boshqa  boyliklar  majmui  tushuniladi. 
Kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  va  istiqboli  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  ijtimoiy,   ma’naviy  
hodisalar    qadriyatlar    jumlasiga    kiradi.    Qadriyatlar    jamiyat    ijtimoiy    va    ma’naviy  
taraqqiyotining  zaruriy  mahsulidir.  Qadriyatlar  muayyan  bir  davr  sharoit  va  ehtiyojning  
mahsuli  bo‘lish  bilan  birga uning  ko‘zgusi  hamdir. 
Qadriyatlar  ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  namoyon  bo‘ladi,  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  
siyosiy,    madaniy    munosabatlarni    o‘zida    aks    ettiradi,    o‘zgarib,    rivojlanib,    boyib, 
takomillashib  turadi. Tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  bo‘ladigan  o‘zgarishlar  va  rivojlanishlar   
qadriyatlarning  mazmunida  o‘z  ifodasini  topadi.   
Jamiyat  taraqqiyoti    doimiy    ravishda    o‘zgarib    rivojlanib,    yangilanib    turgan    sari  
qadriyatlarning  ahamiyati  oshib,  ularni  baholash  mezonlari  ham  oldingidan  boshqacha  
bo‘lib    turadi.    Barcha    zamonlarda    ham    inson    eng    oliy    qadriyat    hisoblanib    kelingan.  
Hamma  narsani   qila  oladigan  oliy  mavjudot   bu   Inson   oliy  hazratlaridir.  Tarix  ham,  
tarixiy  taraqqiyot  ham  inson  faoliyotidan  boshqa  narsa  emas. 
Insonning    barcha    davrlar    va    jamiyki    ijtimoiy    tuzumlarda    eng    oliy    qadriyat    deb  
baholanishi  bejiz  emas,  albatta.  Chunki,  unda  boshqa  jonli  mavjudotlardan  farq  qiladigan  
eng  muhim  belgilar-ong,  aql-idrok,  did-farosat,  bilim,  odob-ahloq,  din,  tafakkur,  hulq,  
orzu-umid   va  baht-saodatga  intilish,  mas’uliyat  tuyg’usi,  imon-e’tiqod, maqsad  va  ehtiros,  
aqliy  kamolot,  or-nomus,  ishq-muhabbat,  g’urur,  nafrat  va  boshqa  ma’naviy  javohirlar  
jamuljamdir. 
Insonlar  hayoti  ijtimoiy  munosabatlarga  asoslangandir.  Inson  mavjudot  sifatida  tabiat  
mahsuli    bo‘lsa,    ammo    odam    sifatida    u  faqat    jamiyatda,        ijtimoiy-iqtisodiy,    siyosiy,  
ma’naviy  munosabatlar  ta’sirida  shakllanadi  va  rivojlanadi.  Inson  inson  bilan  tirik.  Inson  
borki  hayot  bor.  Har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-siyosiy,  taraqqiyot,  o‘zgarish  va  
rivojlanishning  asosida  inson  mehnati,  uning  yaratuvchilik  amaliy  faoliyati  yotadi. Inson  
mehnati,  aql  zakovati,  istedodi  va  ijodiyoti - bularning  hammasi  uning  buyukligi,  oliy  
qadriyat  ekanligidan  nishonadir.  Dunyoda  insondan  qudratli  aql-  farosatli,  oqilu  dono  
mavjudot  yo‘q. 
Tabiatni  obod  va  ko‘rkam,  jamiyatni  go‘zal  va  farovon  qilishni,  aql  idrok  va  tafakkuri  
bilan      odamzotga    kerakli    bo‘lgan    jamiki    moddiy    va    ma’naviy    boyliklarni    shaharu-
qishloqlarni,    ilm    fan    va    madaniyat    maskanlarini,    temir    yo‘lu-tosh    yo‘llarini,    zavodu  
fabrikalarni  bog’u -  bo‘stonlarni,  texnika  va  texnologiyalarini,  mikroskopu  teleskoplarni,  
ulkan  kosmik  kemalarni,  xullas  barcha  va  har  qanday  qadriyatlarni  yaratgan  va  yaratib  
kelayotgan  inson  zoti  oliylarining  nomi  dunyoda  mag’rur  jaranglaydi.   
Insonning  oliy  qadriyat  ekanligi,  uning  dastavval,  o‘z-o‘ziga  va  jamiyatning  insonga  
bo‘lgan  axloqiy munosabatiga  aks  etadi.  Qadriyatlar  insonlar  o‘rtasida  o‘zaro  munosabatda  


va    shaxsning    o‘z    xulqini    tartibga    solishida    ijobiy    rol    o‘ynaydi.    O‘z    qadr-qimmatini  
anglash  shaxsning  o‘z-o‘zini  nazorat  qilishi  bo‘lib,  uning  o‘z-o‘ziga  nisbatan  talabchanligi  
va  shunga  asoslanadi. 
O‘z-o‘zini  hurmat  qilish  ko‘p  jihatdan  shaxsning  taqdirini  belgilovchi  g‘oya  muhim  
xislatdir,  chunki  u  insonni  kamsitadigan,  yerga  uradigan,  ho‘rlaydigan  va  shu  bilan  uning  
boshqa  kishilar  ko‘z  o‘ngida  o‘z  qadr  qimmatini  yo‘qotishga  sabab  bo‘ladigan  qiliqlariga  
yo‘l  qo‘ymaydigan  to‘siqqa  aylanadi.  Har  bir  inson,  eng  avvalo,  o‘z-o‘zini  hurmat  qilishi,  
qadr-qimmati,  or-nomusi,  shaniga  dog’  tushirmasligi  lozim. 
O‘zining  qadr-qimmatiga  yetish,  or-nomusini  saqlay  olish  muhim  insoniy  fazilatdir.  
O‘z  izzat - hurmatini  bilmasdan  turib,  ma’naviy  boylikka  yetishish,  elda  qadr-qimmat  
topishni    tasavvur    qilish    qiyin.    O‘zini    hurmat    qilmaydigan    kishi    o‘zgalarni    qadrlay  
olmaydi.Qadr-qimmat  shaxsni  hurmatlashni  uning  huquqini  e’tirof  etishni  ham  o‘z  ichiga    
oladi.  Qadr-qimmat  shaxsning  ijtimoiy  va ma’naviy  erkinligining  muhim  tomoni  sifatida  
yuzaga  keladi. 
Qadriyatlar  ijtimoiy  hususiyatga  ega  bo‘lib  kishilarning  amaliy  faoliyati  jarayonida  
paydo  bo‘ladi  va  rivojlanadi.  Inson  yo‘q  joyda  biron  narsaning  qadr - qimmati  haqida  
so‘zlash  bemanilikdir.  Qadriyatlar  kishilarni  turli  sohadagi,  avvalo  ishlab  chiqarish mehnat  
sohasidagi  faoliyati  uchun  foyda  keltiradigan  narsalar,  hodisalar  majmui  bilan  bog’liq  
ravishda  yuzaga  keladi.  Barcha  ahloqiy  normalar,  yurish-turish  qoidalari  singari,  jamiki  
insoniy  qadriyatlar  ham  jamiyat  taraqqiyoti  talablari  asosida  yuzaga  kelib  yangi  mazmun,  
yangi  shakl  kasb  etib,  boyib  va  takomillashib  boradi. 
Jamiyatimiz  har  bir  insonni  e’zozlab  uning  turmushini  yaxshilash  bilimi  va  madaniy  
saviyasini  o‘stirish  qobiliyatini  har  tomonlama  rivojlantirish  uchun  o‘zida  bor  bo‘lgan  
hamma  imkoniyatlarini  ishga  soladi.  Keyingi  yillarda  insonning  shaxsiy  haq- huquqlarini,  
erkinliklari    va    qadriyatlarini    muhofaza    qilish    masalasida    juda    katta    ishlar    amalga  
oshiriladi. 
 Qadriyatlar    moddiy    va  ma’naviy    qadriyatlarga    bo‘linadi.    Moddiy    qadriyatlarga  
kishilarning  moddiy  ehtiyojlarini  bevosita     qondiruvchi  narsa  (ishlab  chiqarish  vositalari,  
mehnat    qurollari,  mehnat    ash’yolari,  moddiy    ne’matlar    va    boshqa)lar    kirsa,    ma’naviy  
qadriyatlar  - siyosiy,  huquqiy,  badiiy,  diniy  musiqaviy,  ilmiy,  estetik, falsafiy,  axloqiy  va  
boshqa  shu  kabi  qadriyatlardan  iboratdir. 
Har qanday milliy tafakkur darajasi, avvalo, nimalarga asoslangani bilan  o‘lchanadi.  Bu 
asos  qanchalik  mukammal  bo‘lsa,  milliy  g‘oya  ham  shunchalar  boy  bo‘ladi.  Albatta,  bunda 
moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg’unligi juda muhim rol o‘ynaydi. 
Odamlarning  yashashi  va  rivojlanishi  uchun  moddiy  noz-ne’matlar  qanchalik  zarur  
bo‘lsa,    ma’naviy    qadriyatlar    ham    shu    qadar    muhimdir.    Odob  -ahloq,    urf-odatlar  ,  
marosimlar  shaklida  namoyon  bo‘ladigan  qadriyatlar  ham  mavjud  bo‘lib,  ular  kishilarning  
o‘zaro  munosabatlarida,  yurish-turishida,  axloq  va  odobida  ko‘zga  tashlanadi. 
Odob-axloq,  urf-odatlar  sohasidagi  qadriyatlar  xalqimizning  eng  qimmatli  boyligidir.  
Qadriyatning  ana  shu  turi  insonning  ichki  ma’naviy  ehtiyojiga  aylansa,  kishilar  tomonidan  
o‘zlashtirib  olinib  hayotga  oqilona  tatbiq  etilsa,  katta  ijtimoiy  kuchga  aylanadi. 
«Xalqimiz  asrlar  osha  yashab   kelgan  an’analar,  urf-odatlari,  tili  va  ruhi  negiziga  
qurilgan  milliy  mustaqillik  mafkurasi, - deydi  Prezident, - umuminsoniy qadriyatlar  bilan  
mahkam  uyg’unlashgan  holda  kelajakka  ishonch  tuyg’usini  odamlar  qalbi  va  ongiga  
yetkazishi,  ularni  Vatanga  muhabbat,  insonparvarlik ruhida  tarbiyalashi,  halollikni, mardlik  
va  sabr-bardoshlikni,  adolat  tuyg’usini,  bilim  va  ma’rifatga  intilishni  tarbiyalash  yo‘lida  
xizmat    qilmog’i    lozim.    U    davlat    fuqarolarining    buyuk    maqsad    yo‘lida    ma’naviy  
yaqinlashuviga  ko‘maklashmog’i  kerak». 
Yaxshilik,  halollik,  poklik,   hamkorlik,  xayrihoxlik,  hamdardlik,  burchga  sodiqlikka  
asoslangan  munosabatlarda  namoyon  bo‘ladigan  qadriyatlar  mavjudligini  ham  aytmasdan  
o‘tib  bo‘lmaydi.  Inson  faqat  o‘zining  tabiiy  ehtiyojlarini  qondirish  bilangina  tirik  emas.  
Mehnat  qilish,  jamiyatda  yashash,  o‘zidan  boshqa  kishilar  bilan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  


ma’naviy  aloqa  va munosabatda  bo‘lish  jarayonida  u  inson  sifatida  shakllanadi,  o‘sib-
unadi,  qobiliyat,  iqtidor  va  iste’dodlarini  namoyon  qiladi.  Ana  shu  ma’noda  olganda  
insonga  xos  bo‘lgan   ma’naviy   va  ahloqiy  fazilatlar  ajralib  insoniy  qadriyatlar  jumlasiga  
kiradi. 
Estetik  qadriyatlar  ham  mavjud  bo‘lib,  ularga  birinchi  navbatda  barcha  tabiiy  va  
ijtimoiy   go‘zalliklar  va  ulardan  zavqlanish  kiradi. 
Alisher  Navoiy,  Abdurahmon  Jomiy,  Abulqosim  Firdavsiy,  Zahiriddin  Muhammad  
Bobur,  Lutfiy,  Durbek  Sa’diy  va  boshqa  yuzlab   va  minglab  buyuk  adiblarimiz  tomonidan  
yaratilgan    nazmiy    va    nasriy    asarlar,    son-sanoqsiz    badiiy    adabiyot    namunalari    estetik  
qadriyat  sifatida  hozirgi  paytda   ham  jamiyatimiz  ma’naviy  taraqqiyotida  katta   o‘rin  
egallab  kelmoqda.  Sa’natning,  badiiy  adabiyotning  ham   o‘tmishda  va  hozirgi  paytda  
yaratilib,  voqelik  aks  ettirgan  barcha  turlari  odalarning  fikr  va  xislariga  ta’sir  etib,  hayotni  
chuqurroq    o‘rganishlariga    yordam    bermoqda.    Insonning    murakkab    ichki    dunyosini,  
psixologiyasini,  ruhiy  holatlarini,  ma’naviy  qiyofasini  tasvirlashda  san’atning  hech  qaysi  
turi    badiiy    adabiyotga    tenglasha    olmaydi.    Badiiy    adabiyot      estetik    qadriyat    sifatida  
kishilarga    hayot,    jamiyat    to‘g’risida      ong-bilim    beradi,    hayot    hodisalari    va    mustaqil  
O‘zbekiston    davlati    to‘g’risidagi    tasavvurimizni    boyitadi,    jamiyatimizga    xos    bo‘lgan  
murakkabliklar,  ziddiyatlar,  qiyinchilik  va  muammolarni  obyektiv  haqiqat  tarzida  bilib  
olishimizda  muhim  vosita  bo‘lib xizmat  qiladi.  
Qadriyat  tushunchasi  hayotning   o‘zi  kabi  keng qamrovli bo‘lib, u  har   bir   xalq  ming  
yilar  davomida  hayotning  turli  sohalari bo‘yicha  sayqallab  to‘plagan tajribalaridir.  Axloqiy   
qadriyatlar,      harbiy  qadriyatlar,    davlatchilik      qadriyatlari  -  bularning  hammasi    bir    butun 
holda    halqning    dunyoviy    qiyofasini    o‘ziga    xos    tarzda    belgilaydi.    Darhaqiqat,   
O‘zbekistonning      kuch  -  qudrati    manbai  -  xalqimizning    umuminsoniy      qadriyatlariga  
sodiqligi,    ulug’    ajdod-larimizning      avlodlarga    o‘tayotgan    ma’naviy      merosi-ning  
kuchliligida,  fuqarolarimizning  el-yurtga,    ona-zaminga  bitmas-tuganmas  mehrida,  milliy  
g’ururidadir.  
      O‘zbek xalqi uchun asrlar bo‘yi diniy qadriyatlar ham muhim rol o‘ynab kelgan. Diniy  
qadriyatlarda,  birinchi  navbatda  islom  ta’limotida  jamiki  odamzodni  ezgulikka,  haq  va  
haqqoniyatga  to‘g’ri  yo‘lga  da’vat  etadigan  nohaqlikka  qarshi  kurashishga  chorlaydigan  
shunday    bebaho    falsafiy    g‘oyalar,    nodir      hikmatlar,      rivoyatlar,    pandu-nasihatlar,  eng  
muhim  yo‘l-yo‘riqlar  borki,  ularni  bilib,  chuqur   o‘zlashtirib  olib,  qat’iy  amal  qilgan,  
ularga  suyanib    faoliyat  ko‘rsatgan  kishi  hayotda  hech  qachon qoqilmaydi. 
Islom  dini - bu  ota-bobolarimiz  dini, u  biz  uchun  iymon,  ham  axloq,  ham  diyonat,  
ham  ma’rifat  ekanligini  unutmaylik.  U  quruq       aqidalar  yig’indisi  emas.  Ana  shu  
ma’rifatni  kishilarimiz  jon-jon  deb  qabul  qiladilar  va  yaxshi  o‘gitlarga  amal  qiladilar. 
Mehr-oqibatlari  nomusli,  oriyatli   bo‘lishga,  izzat-ehtirom  tushunchalariga  rioya  etishga  
harakat   qiladilar. Diniy   qadriyatlar  odamlarni  ilm-fanga, ma’naviy  va  marifatga  da’vat  
etganligi  jihatidan  ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Buni  islom  dini  misolida  ko‘rish  mumkin.  
Islom - ilm  demakdir.  Uning  muqaddas  kitobi -  «Qur’on»  da  78000ga  yaqin  so‘z  bo‘lsa  
unda  «ilm»  so‘zi  turli  hollarda  765  ta  marta  takrorlanadi.  Islom  faqat  shar’iy  ilmlarni  
emas,  balki  barcha ilmlarni  o‘rganishni  foydali  deb  hisoblagan. Qur’on    Karimning    oyat  
va  suralari, payg’ambarimizning  Hadislari   ilmga  da’vat  bilan  to‘la.   Islom  ilm  talab  
qilishni  ibodat   darajasiga  ko‘targan,  hattoki  ibodatdan   ilmni  ustun qo‘ygan. 
Islom  sha’riy  hukmida  shunday  ma’naviy-axloqiy  tomonlar,  qoidalar  borki,  ularni   
biror  millat yoki  davlat   chagarasi bilan  cheklab  bo‘lmaydi.  Har  qanday  musulmon,  har  
bir    inson    bajarilishi    kerak    bo‘lgan  sha’riy    qoidalar    sifatida    o‘g’rilik    qilmaslik  
fohishabozlik,    poraxo‘rlik,    ichkilikbozlik,    giyohvandlik    kabi    qabih    ishlar    bilan  
shug’ullanmaslik,  insofli  - diyonatli  bo‘lishi,  ota-onaning  xizmatlarini  qilib,  ularni  rozi  
qilish  va  boshqalarni   eslatib  o‘tish   mumkindir. 


Din  va  diniy  qadriyatlarning  xalqparvarlik,  millatsevarlik  va  insonparvarlik  sohasidagi  
tarbiyaviy  ahamiyati  nafaqat  o‘tmish  davrlar  uchun,  balki  hozirgi  payt  va  kelajak  uchun  
ham  benihoyadir. 
Diniy    qadriyatlarning    mafkuraviy-ma’rifiy,    axloqiy    ahamiyati    tabiatga    mehr  -  
muhabbat,  tevarak - atrofni, suvni, havoni,  tuproqni,  hayvonotu  nabotatni  asrab  - avaylash  
haqidagi  islom  ta’limoti  g‘oyalarida  to‘la  ifoda  topgandir.   
Sayyoramizdagi,    O‘zbekiston    saxiy    zaminidagi    jamiki    noz-ne’matlarning    qadriga  
yetish  barcha  odamlarning  insoniy  burchidir.  Tabiiy  boyliklarni,  yer-suv  va  daraxtlarni,  
hayvonot    olamini    avaylab    asrash    Qur’ondagi    oyat    suralariga,    Payg’ambarimiz  
Hadislaridagi    g‘oyalarga    to‘la    hamohangdir.    Shuning  uchun    ham    tabiatni    e’zozlash  
haqidagi  har  bir  falsafiy  g‘oya  o‘zining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatiga  ko‘ra  umuminsoniy  
qadriyatlar  hisoblanadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  o‘zligini  anglagan  har  bir  xalq,  millat  va  davlat  jamiyatning 
umumbashariy  tamoyillarini  e’tirof  etishi,  rivojlantirishi  shart  va  bu  tamoyillarning  milliy 
asoslari, mohiyatini tushuntirib borish milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biridir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin