O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati.  
Qadriyatlar  amal  qilish  doirasiga  ko‘ra  milliy,  mintaqaviy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga 
bolinadi.  
Milliy  qadriyatlar    alohida  olingan  xalq,  millat  va  elatlarning    o‘z  tarixiy  taraqqiyoti 
davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari 
va millatlarning o‘zligini belgilaydigan boshqa  o‘ziga xos tomonlari  yig‘indisidan iboratdir. Bu 
o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bundan 
tashqari,  xalq  amaliy  san’ati,  xalq  o‘yinlari,  rasm-rusumlari,  urf-odatlari,  marosimlari  milliy 
qadriyatlarga kiradi. 


Har  qanday  millat  ijtimoiy-tarixiy  birlik  sifatida  o‘ziga  xos,  betakror  jihatlarga  ega.  O‘z 
milliy  qadriyatlarining  obyekti  va  subyekti  sifatida  har  bir  millat  qadriyatlarini  rivojlantirib, 
takomillashtirib  boradi.  Shu  bilan  birga  o‘zi  ham  ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  o‘zgarib, 
yangilanib, rang-barang jihatlar kashf qilib boradi, bu ikkala hususiyat ham milliy qadriyatlarda 
aks etadi. 
Milliy qadriyatlar milliy makonda shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, kishilar 
ongiga ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘ynaydi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida 
doimiy  yangilanib,  ya’ni  zamonaviylik  kasb  etib,  avloddan-avlodga  an’anaviylik  asosida  o‘tib 
boradi. 
Milliy  qadriyatlar  kishlarning  o‘zaro  munosabatlari,  ijtimoiy  faoliyati,  xatti-harakatlari 
hamda  ular  bilan  bog’liq  bo‘lgan  maqsad,  ehtiyoj,  qiziqish  va  intilishlari  uchun  asos  bo‘ladi, 
moddiy  va  ma’naviy  sohalarda  muayyan  natijalar,  ya’ni  milliy-madaniy  boyliklar,  yutuqlar 
sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. 
Mintaqaviy  qadriyatlar  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  sharoitlarda  yashagan  va  mehnat  qilgan, 
tarixi  tutash  bo‘lgan  mamlakatlar  va  xalqlarda  uchraydi.  Masalan,  Markaziy  Osiyo  xalqlari 
turmush  sharoitlari,  tili,  madaniyati,  dini,  urf-odatlari  bir-biriga  yaqin  bo‘lishi  ko‘plab 
umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-
qo‘shnichilik,  kattalarni  hurmat  qilish,  kichiklarni  izzat  qilish,  qarindosh-urug’lar,  dostlar  bilan 
yaqin  aloqada  bo‘lish,  saxiylik,  halol  bilan  haromni  farqlash  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 
hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. 
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-
biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning 
tarixi,  merosi,  istiqloli,  istiqboli  va  manfaatlarida  mavjud  bo‘lgan  tutash,  umumiy  bo‘lgan 
zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning 
manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi. 
Umuminsoniy  qadriyatlar  qandaydir  o‘zgarmas,  aqidaviy  tushunchalar  emas.  Davrlar 
o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham 
o‘zgarib  boradi.  Umuminsoniy  qadriyatlar  turli  davlatlar,  xalqlar  o‘rtasidagi  ko‘prik  vositasini 
o‘tab,  insonlarni  bir-biriga  yaqinlashtiruvchi,  hamjihatlik  va  hamkorlikka  chorlovchi  kuch 
vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan 
ifodasidir. 
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat, inson huquqlari ustunligi, 
xalqlarning  milliy  mustaqillik  uchun  bo‘lgan  kurashlarini  himoya  qilish,  kishilarni  do‘stlik, 
hamkorlik  va  hamdardlikka  chorlash,  tinchlik,  osoyishtalikni  ta’minlash,  tabiatni  asrash  va 
bohqalar umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.  

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin