O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Ilmiy g‘oyalar. Ilmiy g‘oyalar deb, tabiiy yea ijtimoiy fonlarning tabiat, jamiyat, inson tafakkurida yuz berayotgan narsa, hodisa, jarayonlarning sir asrorlari konuniyatlarini bilish orqali qilingan ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlar majmuiga aytiladi. Ilmiy g‘oyalarni tabiat sohasida kilinadigan kashfiyotlar natijasida paydo bo‘ladigan
hamda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohada kilinadigan kashfiyotlar tufayli shakllangan ilmiy
g‘oyalarga ajratish mumkin. Masalan, Anaksimandr tomonidan ilgari surilgan fazoning
cheksizligi nazariyasi; Pifagorning - teoremasi; Gippokratning — temperamentlar haqidagi
nazariyasi; Demokritning — atom nazariyasi; Yevklidning - geometriyasi; Al-Xorazmiyning -
algebrasi; Zigmund Freydning - tush ko‘rish nazariyasi; Maks Plankning kvant nazariyasi; Albert
Eynshteynning - nisbiylik nazariyasi; Aleksandr Flemingning - penitsillinni kashf etishi; Ervin
Shryodingerning - to‘lqinlar nazariyasi; Ser Djeyms Chedvikning - neytronni kashf etishi;
Frederik Bantingning - insulinni kashf etishi; Uilyam Shoklining - tranzistorni kashf etishi va
boshqalar ilmiy g‘oyalar jumlasiga kiradi.
Tabiat hodisalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy g‘oyalar ijtimoiy sohadagi ilmiy
g‘oyalarga nisbatan turg‘un bo‘ladi. Ular yangi qilinayotgan ilmiy kashfiyotlar asosida
to‘ldirilishi yoki inkor qilinishi ham mumkin.