Dunyoviy g‘oyalar. Dunyoviy g‘oyalar deb, har bir elat, millat, xalq, davlat va
jamiyat ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chishan holda inson huquqi va erkinliklarini, demokratik
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash asosida ularni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan fikrlar
majmuiga aytiladi. U bugungi kunda demokratik taraqqiyot, hayotni erkinlashtirish, vijdon
erkinligi, inson manfaatlarini ta’minlash, fikrlar rang-barangligi, mulkiy plyuralizm, ijtimoiy
hamkorlik va bag‘rikenglik tamoyillariga tayanadi.
Dunyoviy g‘oyalar adolat va haqikat, erkinlik va mustaqillik ruhini, taraqqiyot
yo‘lidagi oliyjanob maqsad-muddaolarni o‘zida ifoda etib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq
farovonligi uchun xizmat qiladi. Ular hurfikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, bilimi va
kuchiga ishonib yashaydigan, o‘zining mustaqil qarashlariga ega bo‘lgan kishilar jamiyatining
g‘oyalaridir.
Shuning uchun hozirda demokratik, umuminsoniy mazmundagi g‘oyalar, irqi, millati
va jinsidan kat’i nazar, insonlar, ko‘p sonli mamlakatlar hayotiga chuqur kirib borib, ularning
asosiy g‘oyalariga aylanib bormokda.
Demokratiya asosida shakllantirilgan ijtimoiy bag‘rikenglik va adolat ham uning
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bu g‘oyalar dunyoviy davlatdagi turli millat va din vakillarining
erkin faoliyati, hamjihatligi va haq-hukuqlarini kafolatlaydi.
Demak, dunyoviy g‘oyalar birinchidan, muayyan g‘oyalarni ifodalash uchun
qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyat va insonni ezgu maqsadlar sari
yetaklaydigan sog‘lom fikrlar majmui hisoblanadi. Bu g‘oyalarni, o‘z navbatida mazmun-
mohiyatiga ko‘ra, umuminsoniy, ilmiy, falsafiy kabi bir necha turlarga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |