Falsafiy g‘oyalar. Falsafiy g‘oyalar deb tabiat, jamiyat, inson tafakkuri haqidagi
ta’limotlarning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘grisidagi eng umumiy tushuncha va
qarashlardan iborat bo‘lgan, metodologik ahamiyat kasb etadigan fikrlar majmuiga aytiladi. Ular
dunyoni bilish jarayonida, kishilik jami-yatining taraqqiyoti mobaynida to‘plangan falsafiy
bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma’no-mazmuni, uning baxt-saoda-ti kabi masalalar
ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. Masalan, olamning asosida nima yotadi, degan
falsafiy savolga javob berishlariga qarab monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, materializm
kabi falsafiy g‘oyalar vujudga kelgan va falsafiy ta’limot sifatida tarix sahifalaridan joy olgan.
Dostları ilə paylaş: |