O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
3. Plyuralizm Falsafiy nuqtai-nazardan plyuralistik qarash turli-tuman fikrlar
kurashini emas, balki ularning jamiyat ijtimoiy tashkillanishining namoyon bo‘lishi, deb karaladi.
Plyuralizm ijtimoiy hayotning turli-tumanligi va ana shunday turli-tumanlik orasidagi ziddiyat,
raqobat, muxolifatning ijtimoiy taraqqiyot manbai ekanini bildiradi. Bunday hodisalarning
demokratik tarzda, qonunlar doirasida hal kilinishi ko‘zda tutiladi. Plyuralizm atamasi birinchi
marta 1712 yilda X.Volf tomonidan kiritilgan edi. Falsafada plyuralizmga qarama-qarshi ma’noda
monizm atamasi ishlatilib, u butun borliqning yagona asosi mavjud, deb o‘rgatadi. XIX va XX
asrlarda monistik qarash asosan hukmron edi. Plyuralizmning keyingi davrlarda keng tarqalishi
sababi jamiyat taraqqiyotining demokratiyalashuvi bilan bog‘liq, deyish mumkin. Aytish
mumkinki, har bir shaxe o‘ziga xosdir va takrorlanmasdir, har bir qadriyat o‘ziga xos va
qadriyatlarni qadrlash ham o‘ziga xosdir. Qolaversa, olamning ilmiy manzarasi xam, uning turli
jihatlarini ifodalovchi nazariyalar ham turli tuman, rangbarangdir.
Jamiyat to‘laqonli rivojlanishi uchun unda turli fikrlovchi guruhlar, kishilar,
harakatlar, partiyalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi. Plyuralistik tizim samarali ishlashi
uchun ko‘pchilik tomonidan ma’kullangan qonunlarning nuqsonsiz ishlash mexanizmi yaratilishi
kerak. Buni davlat yoki jamiyat amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
4. Idealizm. Idealizm tarixi buyuk yunon faylasufi Aflotun ta’limotidan boshlanadi.
U turli xil falsafiy fikrlarni tahlil qilar ekan, o‘zini idealizm namoyandasi deya ochiq tan oladi.
Xuddi shu davrdan boshlab, falsafiy qarashlarda idealizm va materializm ta’limotlari paydo
bo‘lgan. Idealizm o‘z taraqqiyotida bir qator davrlarni boshdan kechirgan. XIX asrda shakllangan
marksistik
falsafada
ongning
materiyaga,
ruhning
tabiatga
munosabati
masalasi
mutlakdashtirildi va idealizm bilan materializm o‘rtasida metin devor tiklandi. Ular o‘rtasidagi
munosabat siyosiylashtirilib, materializm ilg‘or, taraqkiyparvar kuchlarning, idealizm esa qoloq,
reaksion kuchlarning mafkurasi sifatida ta’riflandi.
Ijtimoiy borliq birlamchi, ijtimoiy ong esa, ikkilamchi, degan g‘oya insonni
jamiyatda sodir bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy, ma’naviy jarayonlarning zaif bir
ishtirokchisi va kuzatuvchisi qilib ko‘yadi. Holbuki, jamiyat, unda sodir bo‘ladigan voqea va
hodisalar inson ongli faoliyatining mahsulidir. Ijtimoiy borlik insoniy g‘oyalarning moddiy
ko‘rinishi bo‘lsa, g‘oyalarning mazmuni esa ma’naviyatdir. Shu sababdan, idealizmning asosiy
xususiyati g‘oyaning ahamiyatini mutlaqlashtirishda emas, balki uning mavjudligini tan olishda
namoyon bo‘ladi.