O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Mafkuraning turli xil ko‘rinishlari. Ma’lumki, har qanday g‘oya u amalga oshirish usul va vositalari tizimiga ega
bo‘lmasa, shunchaki aytilgan fikr tarzida qolib ketishi mumkin. Demak, har kanday g‘oya o‘zining
amalga oshirish usul va vositalariga ega bo‘lgandagina u ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga
kirib boradi va o‘zligini namoyon etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi.
"Mafkura" arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib, "fikr yuritish", "tafakkur", "e’tiqod va maslaklar tizimi" 24 degan ma’nolarni anglatgan holda insonlarning
kundalik hayotida jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui, degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Mafkuraning
kundalik hayotda ishlatiladigan oddiy - sodda tushunchasi, uning tub falsafiy mohiyatini ochib
berolmasligi, tabiiydir. Shuning uchun ham mafkurashunos faylasuf olimlar unga quyidagicha
ta’rif beradilar.
Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda eta- digan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Shuning uchun uchun ham mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida davlat
va jamoat arbobi I.A.Karimov: "Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar Odamlarning ming yilyaar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman" 25 , - degan edi.
Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy
kuchlarning g‘oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining manfaat va maqsadlaridan
kelib chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Mafkuralar muayyan diniy,
falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi.
Mafkuralar o‘z mohiyati va ta’sir kuchiga kura jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-
karshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi,
xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin.
Mafkuraning tasnifideb turli davrlarda va hozirda mavjud bo‘lgan mafkuralarning
o‘ziga xos belgilari, xususiyatlari, xususan, maqsad-muddaolari, usul va vositalari,
harakatlantiruvchi kuchlari va ta’sir-okibatlariga qarab turlarga, turkumlarga ajratishga aytiladi.
Insoniyat tarixida qancha ijtimoiy-siyosiy kuch, qancha millatu elat bo‘lgan esa,
shuncha xil mafkura bo‘lgan. Hozirgi davrda ham mafkuralarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib,
ular:
Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyatlar
darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy
24
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J.P. -T.: "O‘zbekiston milliy enqiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.558.
25
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan kuramiz.
T.7. -T.: O‘zbekiston, 1999. -B.84, 89.