manfaatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur holatlar biron-bir jamiyat yoki
davlat yangilanayotganida, bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotganida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bunday holda mafkuraviy kurash quyidagicha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin:
1) o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, yangi zamon talablariga javob bera olmay qolgan mafkura,
g‘oyalar tizimi yoki g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarga qarshi faoliyat;
2) muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo‘lgan, chetdan turib, turli
maqsadlarda, xilma-xil vositalar orqali joriy etishga harakat qilinayotgan g‘oya va
mafkuralarga nisbatan amalga oshiriladigan harakat, chora-tadbirlar majmui;
3) asl maqsadlari xalq va jamiyatning umumiy manfaatlariga zid bo‘lib qolgan ichki
kuchlar, konservativ subyektlarga xos g‘oya va mafkuraviy qarashlarga qarshi kurash;
4) yangi jamiyat va yangi davlat barpo etish, hayotda tub o‘zgarish va islohotlarni amalga
oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar hamda mafkuraviy tizim shakllanishi uchun olib
boriladigan faoliyat va boshqalar
28
.
Muayyan guruh, xalq, jamiyatni mafkuraviy ta’sir doirasiga tortishni asosiy maqsad
qilib olgan g‘oyaviy kurash tamoyillari hamda ularni turli yo‘llar va usullar bilan amalga
oshirishga urinishlar hamma vaqt bo‘lgan. Tarixga nazar tashlasak, bu jarayon jamiyat rivojlana
borishi bilan birga chuqurlashib, keng qamrovlilik kasb etib borganini ko‘ramiz. Masalan, hozirgi
davrda mafkuraviy kurash o‘zining qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin.
Eng avvalo, mafkuraviy kurash va o‘zgalarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish jarayoni tezkor
va katta shiddat bilan kechayotganini qayd etish zarur. Bu shiddatlilik muayyan mafkuraviy
qadriyatlarni yashin tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, Yer yuzining
turli burchaklarida dunyoga kelayotgan g‘oyalarni millionlar dunyoqarashining uzviy qismiga
aylantirayotgan matbuot, radio, televideniye, Internet kabilarning taraqqiyoti tufayli sodir
bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, mafkuraviy kurash jarayoni oldingidan ham keng qamrov kasb etib
bormoqda. Bu jarayonga ijtimoiy hayotning barcha sohalari, aholining turli qatlamlari tortilganida
yaqqol ko‘rinadi. Bu jarayon shunchalik kuchliki, bugungi kunda dunyo hududining biror-bir
joyini mafkuraviy ta’sirdan tashqarida tasavvur qilish qiyin.
Bunday sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlash, uning turli yo‘llari, vositalari va
usullari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy jarayonlar
globallashuvi sharoitida shaxs, millat, jamiyat, davlatni xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan
g‘oyaviy kurash va tajovuzlar ta’siridan himoyalash, sodda qilib aytganda, mafkuraviy
xavfsizlikni ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat
ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan
g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy
immunitetni shakllantirish nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy,
axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar
tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki,
fikrga qarshi fikr, g‘oyaga
Dostları ilə paylaş: