O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Monarxiya (yunonchada "yakka hokimlik") - hokimiyat yakka hokim - davlat
boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va bu hokimiyat meros kilib beriladigan davlat boshqaruvini ilgari
suruvchi g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan, vayronkor mafkura shaklidir.
Monarxiyami tarannum kiluvchi g‘oyalarning asosiy belgilari quyidagilardan
iborat: 1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida
maydonga chiqadi; 2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi; 3) monarx hokimiyati muqaddas
deb e’lon qilinadi; 4) monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir; 5) hokimiyatni o‘rnatish,
qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud; 6) muddatsiz, umrbod boshqaruv;
7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas. Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi.