O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Mafkuraviy jarayonlar. Mafkuraviy kurashlar. “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov). Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davrida ro‘y berayotgan mafkuraviy jarayonlar inson
ongi, qalbi xilma-xil usullarda olib boriladigan g‘oyaviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy obyekti
hamda maqsadiga aylanganini ko‘rsatmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek, "Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf — insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim".