bag‘rikenglik kabi g‘oyalarni taranum etuvchi mafkuralarga tayanmokda. Ayni paytda o‘z talab-
ehtiyojlarini boshqa xalqdar hisobiga qondirishni, bosqinchilik va talonchilikni yoqlovchi
tajovuzkor (ekstremistik) mafkuralar ham uchrab turadi. G‘arazli maqsadlarni jozibali g‘oyalar
niqobiga yashirib odamlar ongi va qalbida hukmron bo‘lishga intiladigan shovinizm va irqchilik,
fashizm
va kommunizm, diniy aqidaparastlik kabi mafkura shakllari ham bor.
Jamiyatdagi turli sinf va guruhlar (masalan, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar,
ziyolilar va h.k.)ning ham o‘z ehtiyojlari, maqsad-muddaolari bo‘lishi tabiiy. Binobarin, ularni
ifoda etadigan mafkuralar ham bo‘ladi. Agar biron-bir guruhning manfaatlari boshqa qatlamlar
ehtiyojlariga qarama-qarshi qo‘yilsa, jamiyatda nizo va ziddiyatlar kuchayadi, ijtimoiy hamkorlik
tamoyillariga putur yetadi.
Milliy mafkura xalqning tub manfaatlarini ifoda etib, oliy janob maqsadlarni ko‘zlasa,
boshqa xalqlarni o‘zaro hurmat va hamkorlikka chorlasa, millatni taraqqiyot sari yetaklaydi, uning
o‘z-ligini anglashiga va jahon hamjamiyatida munosib urin egallashiga olib boradi. Agar milliy
mafkura faqat shu millatni ko‘klarga ko‘tarib, boshqa xalqlarga qarama-qarshi tursa, turli falokat,
urushlarni
chiqarishi bilan birga, shu millatning ham tanazzuliga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib,
mafkuralarni inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra
Dostları ilə paylaş: