O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi.
“Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash
amaliyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham, bu muammo na faqat milliy davlatlarni,
balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda.
Hozirgi vaqtda kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy,
mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot
vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-
huquqiy hodisa bo‘lib, poraxo‘rlikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi.
Bu so‘zni fuqarolarimiz o‘zaro muloqotda qo‘llaydilar va bu so‘z kundalik nutqda ham
qulog‘imizga tez-tez chalinadigan bo‘lib qoldi. Ba’zi manbalarda esa bu atama “iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llanadi.
Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham korrupsiya deyilganida,
yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan poraxo‘rlik nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy
siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning
bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik
jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni
qo‘llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning
oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan
belgilanadi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining
1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan
jinoyatchilikning boshqa turlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi,
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 19 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrup-
siyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) O‘zbekiston Respublikasining
qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni bu boradagi dastlabki normativ-huquqiy hujjatlardandir.
Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi
yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining