VAYRONKOR (BUZG‘UNCHI) G‘OYALAR - 1) bunyodkor g‘oyalarga zid bo‘lgan, yovuzlik
va jaholatga xizmat qiladigan g‘oyalar majmuini ifodalaydigan tushuncha;
2) insonni va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g‘arazli niyat va qabih maqsadlarga
undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan g‘oyalardir.
Obyektivlik (lot. objiect- narsa) - inson va uning ongidan mustaqil mavjud bo‘lgan reallik. Tashqi
olam predmet va hodisalarini qanday bo‘lsa, shunday bayon qilish.
Subyektivlik (lot. subjectus - ostida, pastda, asosida turuvchi) - faol faoliyat ko‘rsatuvchi, biluvchi, ong
va irodaga ega bo‘lgan individ yoki ijtimoiy guruh. Obyektni "insoniylashtiruvchi" shaxs, ijtimoiy
guruhlarning faol faoliyati.
Panteizm (yunoncha pan - hamma, theos - Xudo) - Xudo bilan tabiat bir-biriga tamoman mos
bo‘lib tushadi, ular aynan birdir, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas, degan
falsafiy g‘oyaga asoslangan ta’limot. Bu atamani 1705 yilda ingliz faylasufi J.Loland kiritgan.
KORRUPSIYA - (lotincha “sorruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning
boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir.