O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
5. Materializm. Antik davrda kishilarning tashki olamni obyektiv mavjudligiga
stixiyali ishonishi tarzida paydo bo‘lgan materializm, keyinchalik ilmiy-falsafiy taraqqiyot
davomida, muayyan dunyoqarash sifatida shakllandi. Materializm tarafdorlari bo‘lgan faylasuflar
ta’limoti asosini moddiylikning birlamchiligi va ruhiylikning ikkilamchiligi haqidagi g‘oya tashkil
qiladi. Materializmni ham yaxlit ta’limot deb bo‘lmaydi. Tabiatni tushunishda materialist, jamiyat
yoki ruhiyatni tushunishda idealist bo‘lgan faylasuflar ham bor.
Holbuki, materializm va idealizm bir-birini butunlay inkor etuvchi ta’limotlar emas.
Falsafada bu ikki okimning ham o‘z o‘rni bor. Ular doirasida rivojlangan falsafiy tafakkur
natijalari bir-birini taqozo qiladi, tabiat va jamiyatdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘ziga
xosligi, birligi va bog‘liqligini to‘laroq bilishga imkon beradi.
Falsafiy g‘oyalaring quyidagi diniy-falsafiy ta’limot shakllari mavjud:
Ateizm(yun. a — inkor, theos - xudo; xudoni, dinni inkor etish) — falsafiy-materisshistik ta’limot. Ateizm dinlar voqelikni noto‘g‘ri aks ettiradi, deb e’tirof etadi. Ateizm har qanday
din, g‘ayritabiiy kuch, xudolar, ruhlar mavjudligini, ruhning abadiy-ligi va bir mavjudotdan
boshqasiga o‘tishi, dunyo va undagi barcha narsalarni yo‘qdan bor bo‘lishini inkor etadi.
Masalan, Yevropa madaniyatida ateizm deganda, odatda, shaxsiy xudoni, ya’ni aql va irodaga
ega hamda g‘oyibona ravishda barcha moddiy va ma’naviy jarayonlarga ta’sir etuvchi
g‘ayritabiiy mavjudotni, boshqacha qilib aytganda, teizmni inkor etish tushuniladi.
Teizm (yun. theos — xudo) - olamni Xudo tomonidan yaratilganini tan olgan diniy-falsafiy ta’limot. Xudo olamdan tashqarida turadi, olamni o‘z irodasi bilan yaratgan va unda mavjud
bo‘lgan mutlaq shaxs deb tushunadi. Narigi dunyodagi xudoni tan olish teizmni panteizmdan,
xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farqlantirib turadi. Teizm kelib chiqishi
jihatidan o‘zaro yaqin bo‘lgan iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. "Teizm"
atamasini dastlab ingliz faylasufi R.Kedvort (1617-1688) qo‘llagan. Teizm masalasi bilan
teosofiya shugullanadi.
Teosofiya (yun. theos - Xudo va sopia - donishmandlik, bilish)— falsafiy ta’limot. Teosifiya ta’limotiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar hayotining tanasini boshkarib turuvchi ilohiy jon,ruhning faoliyati bilan bogliq. Inson o‘zining yuksak zakovati yordamida aslida
o‘zining ilohiy jon ekanini, shu jon bilan tabiati bir bo‘lgan Xudoning tabiatini anglab yetish
imkoniyatiga ega bo‘lgan. Xudo -o‘zining quvvati bilan butun borlikda mavjud bo‘lgan eng kichik
tirik zarraning ham, eng katta tirik mavjudotning ham ichida alohida mavjud bo‘la oladigan, ayni
paytda butun borliqni nazorat qilib boshqarib turadigan, cheksiz qudratga ega bo‘lgan Oliy Ruxdir.
Jon esa Xudo kuvvatining ajralmas bo‘lagi hisoblangan ruxdir.
Insoniyat tarixida faqat insonlar jamiyatidagina mavjud bo‘lgan turli diniy-falsafiy
ta’limotlar zamon, makon va sharoitga mos ravishda asosan ana shu yagona ta’limot, ruh va
tananing bir-biridan farq kilishini o‘rganadi.