shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad
yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq
sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunistik
partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini
bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma’naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga
mos kelmaydigan mafkura edi. Chunki u, milliylikdan begonalashgan, milliy mansublikka qarshi
– innatsional, har qanday diniy e’tiqodga qashi – ateistik mafkura edi. Shu sababli undan voz
kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga
xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab,
deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham
unitayozgandi.
Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual
tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab
olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi.
Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.
Chunki, mustaqillik arafasida (oshkoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrlarida turli
ekstremistik oqimlar, diniy aqidaparastlar, diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik
tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni, ularning fikru-zikrini
o‘zlarining millatni deformatsiyalovchi g‘oyalariga xizmat qildirish maqsadida buzg‘unchi
kuchlar safiga qo‘shib olishga shay turishardi.
Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni
ta’minlashga qarshi qaratilgan katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan,
turli din va diniy konfessiyalarga e’tiqod qiladigan aholi yashaydigan bizning yurtimizda
millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga
xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an’analaridan ham
birmuncha begonalashib qolgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e’tiqod
erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992
yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib
berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar
muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga
boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor
bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga,
bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi
Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi
bevosita shu masalaga qaratilgan).
Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul
qilavermasdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini
davom ettira boshlashdi, ammo, an’anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata
olmaydigan ba’zi yoshlar va hatto ayrim soddadil kattalar ham dinni bir yoqlama tushuna boshladi.
Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan
mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Ayniqsa, arab
mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan fundamentalistik kuchlar vahobiylik g‘oyalarini,
Turkiyadan diniy ma’rifatparvarlik shiori ostida nurchilarning siyosiy hokimiyatni egallashga
chaqiruvchi g‘oyalari, dinni siyosiylashtirib talqin etuvchi xizbut-tahrirchilar harakati hamda ular
bilan til biriktirgan mahalliy oppozitsion guruhlarning faoliyati ham kuchaya boshladi. Bunday
vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining nazariy konseptual asoslarini ishlab chiqish
hayotiy zaruriyatga aylangandi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga
alohida e’tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy
manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga
asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l
ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil
davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi
oddiy haqiqat edi.
Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy
konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov
o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb
atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.
I.Karimov milliy g‘oyaning nazariy konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida
e’tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligiga
bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hech qaysi
mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning
oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga,
ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat
tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik“.
Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida,
ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi
bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy
vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy
poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va
uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy
immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga
singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda
muhokama qilingan.
Milliy g‘oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o‘rni va ahamiyati
nihoyatda katta. Milliy g‘oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy
omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari
tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalarni singdirib kelganlar. Masalan,
zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu
amal» tamoyili buning yorqin dalilidir. O‘rta asrlarda vujudga kelgan g‘oyalar o‘sha davr
madaniyatining bir qismi bo‘lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va
jahon sivilizasiyasiga katta ta'sir ko‘rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g‘oyalar
Qur'oni Karim va hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari,
iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o‘z ifodasini topgan. Bunday g‘oyalarni
anglashda Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan
olinadigan “Sahihi Buxoriy” asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy
g‘oyalari sharhi o‘z ifodasini topgan.
Ushbu ta'limotni o‘rganish va uning turlicha talqin qilinishi ko‘plab mazhablarni vujudga
keltirdi. Islom falsafasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni
o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy g‘oyalari o‘sha davr ma'naviyatining dunyoviy hamda
diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor
kuch ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu sohadagi asosiy g‘oyalarga ko‘ra, insoniyat istiqboli komil
insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, iymon-e'tiqod, axloq-odob esa inson tafakkurining
ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur yo‘nalishdagi g‘oyalar talqinida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Xoja
Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o‘z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik,
boriga qanoat qilmaslik kabi illatlari ayovsiz ochib tashlanib, ulardan uzoqlashishga da'vat
qilinadi. Vatanparvarlik jasoratini ibrat tariqasida ko‘rsatgan Najmiddin Kubro o‘z tariqatining
mohiyatini o‘nta usulda mujassamlagan. Bular - Tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi
dunyo - har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul - Allohga e'tiqodi pokligi uchun barcha
narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr,
tavajjuh - Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr - nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba - tafakkurga
g'arq bo‘lish, rizo - Tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, ezgu
g‘oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai
mehnat orqali kun kechirish ekanini targ'ib etishdir. Bahouddin Naqshband ta'limotining mohiyati
“Dil ba yoru dast ba kor” g‘oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi bo‘lib,
bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Allohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog'i
kerak. Uning ta'kidlashicha, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, bu esa ko‘ngilni poklab, ruhni
ilohiy kuvvatdan bahramand qiladi. Abu Nasr Forobiy inson aql vositasida ilm-fanni yaratadi,
deydi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi, har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-
saodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol
to‘g'risidagi ilg'or g‘oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning
falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy g‘oyalari asosida shakllandi. Beruniy “Oddiy javharlar paydo
bo‘lish va yo‘q bo‘lishni bilmaydi”, degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda abadiylik birinchi sabab
bilan bog'liq, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Yana bir alloma Abu Ali ibn Sino o‘z
asarlarida ilm va axloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning
o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g'risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uningcha,
barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib
bermoq lozim.
Insoniyat tarixida shunday g‘oyalar borki, ular buyuk ishlarga tayyor millatlarni o‘zining
yo‘lboshchilari etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish
mumkin bo‘lgan natijalarga erishishga undaydi. Aynan bunday goyalarning amaliy ifodasi
insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon
madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va
fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris,
Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur Mirzo
kabi atoqli farzandlari bunyodkor g‘oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar davridagi ana
shunday yuksak g‘oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Amir
Temurning “Kuch - adolatda” g‘oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo‘qotishda, turli janjal va
nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda
asosiy o‘rin egalladi.
Shu davrning mevasi - Alisher Navoiy ijodiy merosida in-sonparvarlik va komil inson
g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. Shoir o‘z asarlari orqali ushbu g‘oyalarni yoydi, turli millat va
elatlar o‘rtasidagi do‘stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng,
zulm-istibdoddan xoli bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik,
muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik kabi umuminsoniy g‘oyalari, ma'naviy-axloqiy
qadriyatlar to‘g'risidagi qimmatli fikrlari respublikamiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham
barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz o‘tmishida temuriylardan
keyingi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar rivoji alohida o‘ringa ega. Ma'lumki, temuriylar davlati asta-
sekin inqirozga yuz tutib, mayda davlat-larga bo‘linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib
keldi. Bu iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnaqiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa,
tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro‘y berdi. Shunga qaramasdan,
davr mohiyatini aks ettiradigan teran fikr va g‘oyalar vujudga keldi. Masalan, Boborahim Mashrab
insof, adolat, diyonat, saxovat, aql-zakovat, ruhiy komillik, halol-lik, mehr-oqibat, kamtarlik kabi
ma'naviy-axlokiy fazilatlarni tahlil qilib, salbiy illatlarni qoraladi. Uningcha, inson o‘z millati
boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan afzal bo‘la oladi.
Shoir o‘z ijodida Allohga muhabbat g‘oyasini tasvirlaydi. U tasavvufning qalandarlik tariqatini
tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to‘g'rilikka chaqiradi. Inson hirsu ochko‘zlik,
hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan poklanish uchun o‘z asli - ilohiy ishqqa
yuz tutishi lozim. Aks holda, u insoniyligini yo‘qotib, tubanlashib ketishi muqarrar. Ogahiy o‘z
ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka,
xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o‘z asarlarida mamlakatni
odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor bilimdon, aqlli bo‘lib,
xalqning manfaatini himoya qilishi, o‘z atrofidagilar bilan kengashib, davlatni idora qilishi lozim.
A.Donishning g‘oyalari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari -
Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida
ma'rifatparvarlik g‘oyalari yanada kuchaydi. Ular yangi maktablar qurish, yosh avlodni ilmli
kilishga, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardir. Ularning
asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish,
butun o‘lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g‘oyalari ilgari surilgan.
Shuningdek, xalqni asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, tadbirkorlikni
rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaram-ligidan xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni
yuksaltirish masalalari yoritilib, jaxon fani hamda texnikasi yutukdarini o‘rganish kabi g‘oyalar
ham jadidlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biri edi. Ularning millatparvarlik va vatanparvarlik
ruxi bilan sug'o-rilgan g‘oyalari hozir ham ma'naviyat hamda ma'rifatni ravnaq toptirishda,
xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |