O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
4. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot 
bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilganligi 
to‘g'risida. 
        Ma’lumki,  O‘zbekiston  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  mamlakatimizni  yangi  taraqqiyot 
bosqichiga  olib  chiqish,  ijtimoiy  birdamlik,    xavfsizlik  va  barqarorlikni  ta’minlash  uchun  juda 
ko‘plab  normativ-me’yoriy  hujjarlar  qabul  qilmoqda  va  amaliy  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lmoqda. 
Prezident tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o‘z vaqtida 
ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni 
qo‘lga  kiritadi  va  shunchalik  darajada  strategik  jihatdan  o‘zining  jahon  hamjamiyati  oldida 
g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
ta’biri bilan aytganda, “yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli 
ravishda  faxrlanadigan  ko‘p  millatli  xalqimizning  birdamligi  va  jipsligini  ko‘z  qorachig’idek 
asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning 
muqaddas burchidir”.   
           Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr-
oqibat muhitini ko‘z qorachig'idek saqlash hamda mustahkamlashni Yurtboshimiz ustuvor vazifasi 
deb e’lon qildi. 
Ma'lumki,  yurtimizda  vijdon  va  e'tiqod  erkinligi,  turli  millat  vakillarining  huquqlari  keng 
kafolatlanib, diniy bag'rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan 
ziyod  millat  va  elat  vakillari  o‘zaro  hamjihat  yashamoqda,  16  ta  konfessiyaga  mansub  diniy 
tashkilotlar  erkin  faoliyat  yuritmoqda.  Jamiyatimizda  hukm  surayotgan  o‘zaro  do‘stlik  va 
hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, barcha 
fuqarolar  uchun  teng  huquqlarni  ta'minlash  davlatimiz  e'tibori  markazida  bo‘ladi.  Ularning 
o‘rtasiga  nifoq  soladigan  ekstremistik  va  radikal  g‘oyalarni  tarqatishga  O‘zbekistonda  mutlaqo 
yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan 
qonli  mojaro  va  ziddiyatlar,  terrorizm  va  ekstremizm  xavfi  bizdan  doimiy  ogoh  va  hushyor 
bo‘lishni talab etmoqda. 
          Shu  borada  O‘zbekiston  chegaralarining  xavfsizligi  va  daxlsizligini  ta'minlash, 
mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni 
yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha mamlakatimiz diqqati markazida bo‘ladi. 
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekiston va uning bag'rikeng xalqi tinchliksevar siyosat 
yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish 


pozisiyasida  doimo  mustahkam  turib  kelmoqda.  Lekin,  zarur  bo‘lsa,  biz  mamlakatimiz 
suvereniteta va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday 
urinishlarga  qarshi  keskin  zarba  berishga  qodirmiz.  Shuning  uchun  men,  xalqimizga  murojaat 
qilib,  shuni  aytmoqchimanki,  bu  masalada  hech  kimda  hech  qanday  ikkilanish  va  shubha 
bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham etarli”
20

O‘zbekistonning  hozirgi  Prezidenti  Shavkat  Miromonovich  Mirziyoyev  bugungi  kun 
talablaridan kelib chiqqan holda milliy mafkuramiz g‘oyalarini muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga 
tadbiq  etmoqda.  Jumladan,  ma’naviy  tarbiyani  yanada  takomillashtirishga  bag‘ishlangan 
qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-
tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi 
va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham 
I.Karimovning  milliy  mafkura  konsepsiyasini  amalga  oshirish  yo‘lidagi  amaliy  faoliyatining 
uzluksiz davomidir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin