Har qanday millat ijtimoiy-tarixiy birlik sifatida o‘ziga xos, betakror jihatlarga ega. O‘z
milliy qadriyatlarining obyekti va subyekti sifatida har bir millat qadriyatlarini rivojlantirib,
takomillashtirib boradi. Shu bilan birga o‘zi ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib,
yangilanib, rang-barang jihatlar kashf qilib boradi, bu ikkala hususiyat ham milliy qadriyatlarda
aks etadi.
Milliy qadriyatlar milliy makonda shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, kishilar
ongiga ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘ynaydi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida
doimiy yangilanib, ya’ni zamonaviylik kasb etib, avloddan-avlodga an’anaviylik asosida o‘tib
boradi.
Milliy qadriyatlar kishlarning o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy faoliyati, xatti-harakatlari
hamda ular bilan bog’liq bo‘lgan maqsad, ehtiyoj, qiziqish va intilishlari uchun asos bo‘ladi,
moddiy va ma’naviy sohalarda muayyan natijalar, ya’ni milliy-madaniy boyliklar, yutuqlar
sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Mintaqaviy qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan,
tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari
turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab
umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-
qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, dostlar bilan
yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash Markaziy Osiyo xalqlarining
hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-
biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning
tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan
zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning
manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar
o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham
o‘zgarib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini
o‘tab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch
vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan
ifodasidir.
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat, inson huquqlari ustunligi,
xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik,
hamkorlik va hamdardlikka chorlash, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, tabiatni asrash va
bohqalar umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Dostları ilə paylaş: