O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy 
institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida 
rivojlanadi. 
Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida 
o‘rnatilishi mumkin emas. 
                          
                                      O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  12-
modda. 
 
1. Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlanishi. O‘zbekiston jamiyati 
hayotining g‘oyaviy mafkuraviy asoslari va uning konstitutsion prinsiplari. 
Jamiyat  mafkurasining  davlat  mafkurasidan  farqlanishi  haqida  so‘z  yuritishdan  avval 
mafkura tushunchasining mohiyati, tasnifi, shakllari haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
“Mafkura”  arabcha  so‘z  bo‘lib,  fikr  yuritish,  tafakkur,  e’tiqod  va  maslaklar  tizimi
21
  degan 
ma’nolarni anglatadi.  
Mafkura  –  muayyan  ijtimoiy  guruh,  qatlam,  elat,  millat,  xalq,  jamiyat,  davlat  ehtiyoj  va 
manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan 
g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.     
G'arb  mamlakatlari  tillarida  mafkura  «ideologiya»  atamasi  vositasida  qo‘llaniladi. 
«Ideologiya»  yunoncha  «ideya»  va  «logos»  so‘zlarining  birikmasidan  tashkil  topgan  bo‘lib, 
g‘oyalar haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz inqilobi 
davrida faylasuf va iqtisodchi Destyut de Trasse tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1815-
                                                 
21
 O’zbek tilining izohli lug’ati. J.2.-T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 558-bet. 


yilda  yozgan  “Ideologiya  elementlari”  nomli  kitobida  “ideologiya”  so‘zini  falsafiy  tushuncha 
sifatida ishlatgan.  
Har qanday mafkura quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: 1) muayyan g‘oyaga ishontirish; 
2) uyushtirish; 3) safarbar etish; 4) ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish; 5)  g‘oyaviy tarbiyalash; 6) 
g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 7) harakat dasturi bo‘lish. Mafkuraning mo‘ljal, xulq-atvor, 
emtsiya kabi elementlari mavjud. 
Davlat  va  jamiyat  mafkurasi  tushunchalarini  bir-biridan  farqlanadi.  O‘zbekistonda  biror 
mafkuraning, hattoki milliy istiqlol mafkurasining ham davlat  mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekistonda  milliy    mafkuraning  nazariy  asoslari  ishlab  chiqildi.  Bu  nazariy  asos 
bugundayoq o‘z mahsulini bermoqda. Shuningdek, uni xalqqa yetkazish uchun jamiyatning ilg‘or 
fikrli  kishilari  shoirlar,  yozuvchilar,  siyosatshunoslar,  faylasuflar  mahkam  bel  bog‘lab  ishga 
kirishdilar. Umuman olganda tarix, falsafa, siyosat, adabiyot va boshqalar bu mafkurani xalqqa 
to‘g‘ri yetkaza bilmoqlari lozim. 
Mafkuraning    nazariy  asoslari  O‘zbekiston  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan 
ishlab  chiqilgan.  Mafkurani  xalqqa  yetkazishda  uning  asarlari  metodologik  vazifani  bajarmog‘i 
lozim. Jumladan,  davlat  va  jamoat  arbobi  Islom  Karimov  mafkuraning  jamiyat  hayotida  tutgan 
o‘rni  haqida:  “Mafkura  har  qanday  jamiyat  hayotida  zarur.  Mafkura  bo‘lmasa  odam,  jamiyat, 
davlat  o‘z  yo‘lini  yo‘qotish  muqarrar
22
.  Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan 
dunyoqarashi  va  mentalitetiga  asoslangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning  kelajagini 
ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va 
ertangi  kun  o‘rtasida  o‘ziga  xos  ko‘prik  bo‘lishiga  qodir  g‘oyani  men  jamiyat  mafkurasi  deb 
bilaman
23
. Shu o‘rinda   noto‘g‘ri fikrga o‘rin qoldirmaslik kerak. 
«Mafkurani Birinchi Prezident ishlab chiqqan ekan, demak u davlat mafkurasi ekanda, bu 
Konstitutsiyaga  xilof-ku»  deyish  noo‘rin.  O‘zbekistonda  hech  bir  mafkura  hukmron  bo‘la 
olmaydi.  Ushbu  holat  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  12-moddasida  ham  o‘z 
ifodasini  topgan.  Bu  haqda  birinchi  Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  1993  yildayoq  «Hech  qaysi 
mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitusiyaviy qoida bizning 
oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi», deb ta'kidlagan edi.  I.Karimov 
O‘zbekistonning  milliy  mafkuraning  nazariy  asoslarini  Prezident  sifatida,  davlat  mafkurasi 
sifatida  ishlab  chiqqan  emas.    Milliy  mafkura  o‘zbek  xalqining    jonkuyar  vakili,  haqiqiy 
vatanparvar,  insonparvar, tinchliksevar vakili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mafkura insonlar 
ongiga  davlat  tomonidan  zo‘rlik  bilan  singdirilayotgani  yo‘q.  Balki,  xalqning  dilidagi  gaplar 
bo‘lgani uchun ongimizga singib bormoqda.  
“Davlat mafkurasi” bilan “jamiyat mafkurasi” tushunchalarining ma’no-mazmunidagi farq 
milliy  g‘oya  jamiyat  mafkurasi  ekanligi  hamda  biron-bir  mafkurani  davlat  mafkurasi  sifatida 
o‘rnatish mumkin emasligi g‘oyasi strategik, konseptual asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. Milliy  
mafkura  hech  qanday  shaklda  davlat mafkurasi  maqomiga  ko‘tarilmasligi,  aylanmasligi  kerak.  
Milliy mafkura jamiyatimizdagi  qarashlar  rang-barangligi,   g‘oyalar  xilma-xilligini  saqlagan  
holda,    ularni    bir-biri    bilan    munozara  qilishiga,    kurashishiga,  bahslashuviga,    har    qanday  
partiya,  harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qilishiga 
ziyon yoki tazyiq ko‘rsatmasligi lozim. Har qanday  g‘oya,  hatto  u  qanchalik  soxta,  qanchalik  
yasama    bo‘lmasin,    agar  odamlar    ongiga    uzluksiz    singdiraverilsa,    uning    katta    kuchga 
aylanishini mustamlakachilar yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham mustabid tuzum o‘zining  bor  
mafkuraviy  kuchini,  butun  ommaviy  axborot vositalarini,  bir  ishora  qilsa, “labbay!”  deb  bel  
bog‘lab  turuvchi dastyorlarini  ishga  solib, odamlar  ongini  yolg‘on   g‘oyalar  bilan tinimsiz 
zaharlar edi. O‘tgan davr biz uchun tarix, binobarin, ana shu tarixdan to‘g‘ri saboq  chiqarishimiz,  
ayni    vaqtda    rivojlangan,    taraqqiy    topgan  davlatlar    tajribasini    o‘rgangan    holda    o‘z  
kelajagimizni yaratishimiz  kerak.  Uzoq  va  yaqin  tarixdan  yaxshi  ma’lumki,  biron mamlakatda, 
                                                 
22
I.A. Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali Bosh muharririning 
savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o'z qo'limiz bilan quramiz”. T. 7. T., “O'zbekiston” 1999 yil. 84-bet. 
23
 O’sha asar. 89-bet. 


biron  davlatda  yakkayu  yagona  g‘oya  yoki  mafkura  hukmronlik  qilar    ekan,    bu    jamiyat,    bu  
davlat,  albatta,  inqirozga  yuz  tutadi.   
Shu davrgacha mafkura faqat sinfiy xarakterga ega deb e'tirof etib kelingan. Lekin Temur 
davlati  mafkurasi,  garchi  Buyuk  Temur  uni  mafkura  deb  atamagan  bo‘lsa-da,  aholining  barcha 
tabaqalari  manfaatini  ifodalagan  ekan,  buyuk  davlat  arbobi  Islom  Karimov  tomonidan  mafkura 
nazariyasiga kiritilgan,  «jamiyat mafkurasi»,  «xalq mafkurasi»,  «milliy mafkura»,  «mafkuraviy 
immunitet»  kabi  tushunchalarning  mohiyati  aholiga  tushuntirib  berilishi  maqsadga  muvofiq 
bo‘lardi.  

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin