O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
2. Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Mukammal shakllangan, o‘tmishimizga, milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga,
an'analarimiz, ruhiyatimizga hamda umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan mafkurasiz
jamiyatimizning olg‘a qarab, buyuk kelajak sari intilishini tasavvur qilish qiyin.
Mafkura xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy
qadriyatlar va xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:
- xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;
- jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
- ota-ona, mahalla-kuy, umuman jamiyatga hurmat-e’tibor;
- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;
- kattaga hurmat va kichikka izzat;
- mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligi ramzi-ayol zotiga ehtirom;
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
- halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Milliy mafkura quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi va ulardan oziqlanadi:
- qonun ustuvorligi;
- inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;
- turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
- diniy bag’rikenglik;
- dunyoviy bilimlarga intilish;
- ma’rifatparvarlik;
- o‘zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va hokazo.
O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi-ozod va obod Vatan, erkin