O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy g‘oyaning jamiyat



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy g‘oyaning jamiyat 
taraqqiyoti uchun zarurligi to‘g'risida. 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  eng  katta  xizmatlaridan  biri  odamlarning 
tafakkurini  o‘zgartirish,  ularning  ongida  yangi  milliy  g‘oya,  milliy  mafkura  asoslarini 
shakllantirish  va  mustahkamlash  ishiga  rahnamolik  qilgani  bo‘ldi.  Ma'lumki,  akademik  Islom 
Abdug'anievich Karimov o‘zidan bebaho ilmiy, ijtimoiy-siyosiy meros qoldirdi. Vatanimiz Islom 
Karimovning  “O‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura”(1996),  “Bizdan  ozod  va 
obod  Vatan  qolsin”(1996),  “Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir”(1996),  “Yangicha  fikrlash  va 
ishlash davr talabi”(1997), “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”(1998), “Biz kelajagimizni 
o‘z  qo‘limiz  bilan  quramiz”(1999),  “Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  -  pirovard 
maqsadimiz”(2000), “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”(2002), “O‘zbek xalqi hech 
qachon,  hech  kimga  qaram  bo‘lmaydi”(2006),  “Yuksak  ma'naviyat  –  engilmas  kuch”(2008), 
“Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‘zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo‘llari  va 
choralari”(2009), “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”(2011), “Ona Vatanimiz baxtu 
iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”(2015) va boshqa asarlari hamda 
ma'ruzalarida bayon qilingan g‘oyalari asosida rivojlanishning ravon yo‘liga chiqib oldi. Mazkur 
manbalar asosida milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun zarurligi nazariy konseptual jihatdan 
asoslab berildi. 
Milliy  g‘oyaning  xalq  ongiga  singdirilishi  milliy  manfaatlarni  to‘g'ri  belgilashga  va  o‘z 
navbatida  vatanparvar,  mas'uliyatli  insonlarlarning  shakllanishiga  xizmat  qiladi.  Shu  ma'noda 
hayot Birinchi Prezidentimizning “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa 
odam,  jamiyat,  davlat  o‘z  yo‘lini  yo‘qotishi  muqarrar”
9
  degan  fikrining  naqadar  to‘g'ri  ekanini 
isbotladi.  “Ushbu  g‘oyani  qanday  zarurat  shakllantirdi?”  va  “Undan  ko‘zlanayotgan  maqsad-
muddaolar nima?” degan savollarga javoblar buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Karimovning 
ko‘p  yillik  izlanishlari,  asarlaridagi  fikr-mulohazalarida  o‘z  aksini  topdi.  Bu  asarlarda  milliy 
istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari aniq ifodalab berilgan.  
Ushbu  yaxlit  ta'limotning  nazariy  manbalarini  o‘rganishda  Birinchi  Prezidentimizning 
istiqlolni ilk yillaridayoq chop etilgan asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, ayniqsa, 
“O‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura”  nomli  birinchi  jildga  kirgan  asarlarni 
alohida ta'kidlash lozim. Ushbu jilddan o‘rin olgan “Istiqlol yo‘li: muammolar va rejalar" asarida 
ham  bu  masalaga  katta  e'tibor  berilgan.  Jumladan,  davlatimiz  rahbari  mazkur  asarda  bugungi 
kunda ham xalqni yakdil qila oladigan ishlar va g‘oyalar oz emasligi, ularning ichida eng ulug'i, 
eng  olijanobi  —  O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqilligini  ta'minlash  ekanini  alohida 
ta'kidlaydi.  Ushbu  fikrning  davomida  “Mafkura  hukmron  bo‘lgan  joyda  tenglik  va  adolat 
bo‘lmaydi. Biz buni o‘tmishdagi achchiq tajribamizdan juda yaxshi bilamiz”
10
 degan tarix haqiqati 
o‘z ifodasini topgan. 
Milliy  g‘oyaning  nazariy  asoslari,  mazmun-mohiyati,  maqsad  va  vazifalarining  jamiyat 
hayotida  o‘rni,  ahamiyati  va  zarurligini  yangicha  idrok  etishda  Islom  Karimovning  “Tafakkur” 
jurnali  Bosh  muharriri  savollariga  javoblari  aks  etgan  “Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni  -  xalq, 
millatni  -  millat  qilishga  xizmat  etsin”  asari,  shubhasiz,  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  Asarda 
jamiyat mafkurasining asl ma'no-mohiyati, “xalqni — xalq”, “millatni — millat” qilishga xizmat 
qilishdan  iborat  asosiy  vazifasi  bilan  bog'liq  yo‘nalish  va  muammolar  atroflicha  tahlil  etib 
berilgan. 
Buyuk  davlat  arbobi  Islom  Karimov  ushbu  asarda  jamiyat  mafkurasiga  quyidagicha  ta'rif 
beradi.  “Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan  dunyoqarashi  va  mentalitetiga 
asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini 
                                                 
9
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. - T.: “O'zbekiston”, 1999, 843-bet 
10
Karimov I.A. O’zbekistan: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. - T.: «O’zbekistan», 1996, 14-bet 


aniq-ravshan  belgilab  berishga  xizmat  qiladigan,  kechagi  va  ertangi  kun  o‘rtasida  o‘ziga  xos 
ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”
11

Milliy  g‘oyaning  mazmun-mohiyati,  maqsad  va  vazifalari  bilan  bog'liq  masalalar  buyuk 
davlat  va  jamoat  arbobining  “Milliy  g‘oya  —  xalq  e'tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchdir” 
mavzuida  “Fidokor”  gazetasi  muxbiri  savollariga  javoblarida  o‘z  aksini  topgan.  Unda 
ta'kidlanganidek, bugungi dunyo insonlar va xalqlarning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan 
turli g‘oyalarning sinov maydoniga aylanib qoldi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida 
“mafkuraviy  immunitet”,  “mafkuraviy  profilaktika”  kabilardir.  Ana  shu  tushunchalarning 
mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini 
yanada  yaqqolroq  tasavvur  qilish  imkoni  tug'iladi.  “Mafkuraviy  immunitet”  tushunchasini 
Birinchi  Prezidentimiz  dastlab  Islom  Karimov  ishlatgan  va  unga  quyidagicha  ta'rif  bergan  - 
“Ma'lumki,  har  qanday  kasallikning  oldini  olish  uchun,  avvalo,  kishi  organizmida  unga  qarshi 
immunitet  hosil  qilinadi.  Biz  ham  farzandlarimiz  yuragida  ona  Vatanga,  boy  tariximizga,  ota-
bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog'lom  munosabatni  qaror  toptirishimiz,  ta'bir  joiz  bo‘lsa, 
ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur”
12

Demak,  mafkuraviy  immunitet  -  davlat  va  millatning  ma'naviy  birligi,  ma'naviy 
sog'lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prezident 
Islom  Karimov  “Farzandlarimiz  yuragida  ona  Vatanga,  boy  tariximizga,  ota-bobolarimizning 
muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy 
immunitetini kuchaytirishimiz zarar”ligi haqidagi fikrni alohida ta'kidlaganlar
13

Milliy  g‘oyaning  nazariy  manbalari  qatorida  Prezident  Islom  Karimovning  Oqsaroy 
qarorgohida  2000  yilning  6  aprelida  bir  guruh  ziyolilar,  olimlar  va  mutaxassislar  bilan  bo‘lib 
o‘tgan  yig'ilishdagi  ma'ruzasi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  “Milliy  g‘oya  -  davlatimiz  va 
jamiyatimiz  qurilishida  biz  uchun  ruhiy-ma'naviy  kuch-quvvat  manbai”  mavzuidagi  mazkur 
ma'ruzada ta'kidlanganidek, o‘z davlatchiligiga ega bo‘lishni ko‘zlagan har bir xalq o‘z maqsadiga 
olib boradigan g‘oya va mafkurani belgilab olishga harakat qiladi, zero, busiz biror jamiyat, davlat 
taraqqiyotga erisha olmaydi. Kelajak sari yo‘naltiruvchi kuch vazifasini esa milliy g‘oya, milliy 
mafkura  bajaradi”
14
.  Ushbu  asarda  Birinchi  Prezidentimiz  milliy  mafkura  hech  qanday  holda 
davlat  mafkurasi  maqomiga  ko‘tarilmasligi  kerakligi,  mamlakatimizda  g‘oyalar  xilma-xilligi 
saqlangan holda har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrlarini erkin ifoda 
etishi,  shu  bilan  birga  milliy  g‘oya  davlatimiz,  jamiyatimiz, xalqimiz  yuksalishi  yo‘lida,  buyuk 
kelajak  barpo  etishda  va  jahon  hamjamiyatida  munosib  o‘rin  egallashimizda  yagona 
birlashtiruvchi kuch-qanot bo‘lishi shartligini ta'kidlagan edilar.  
Prezident  Islom Karimov  asarlar to‘plamining 9-jildida ham  mamlakatimiz taraqiyotining 
barcha  muhim  masalalari  teran  nazariy  tahlil  qilingan,  amaliy  maqsad  va  vazifalar  belgilab 
berilgan. Jumladan, 2000-yil “O‘zbekiston” nashriyotida nashrdan chiqqan “Milliy g‘oya: asosiy 
tushuncha va tamoyillar” risolasiga Islom Karimov yozgan so‘z boshida milliy g‘oyaning asosiy 
maqsadi, mazmun mohiyati, uni shakllantirish yo‘nalish va tamoyillari haqida to‘xtalib, shunday 
deb  yozadi:  “Xalqni  buyuk  kelajak  va  ulug'vor  maqsadlar  sari  birlashtirish,  mamlakatimizda 
yashaydigan,  millati,  tili  va  dinidan  qat'i  nazar,  har  bir  fuqaroning  yagona  Vatan  baxt-saodati 
uchun  doimo  mas'uliyat  sezib  yashashga  chorlash,  ajdodlarimizning  bebaho  merosi,  milliy 
qadriyat  va  an'analarimizga  munosib  bo‘lishiga  erishish,  yuksak  fazilatli  va  komil  insonlarni 
tarbiyalash, ularning yaratuvchanlik ishlarga da'vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni 
hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”
15

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
asarlarida 
jamiyat 
rivojlanishi  
qonuniyatlari, 
shart-sharoitlari 
va 
omillariga 
amal 
qilib 
kelingan 
turli 
xil  
                                                 
11
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. - T.: “O'zbekiston”, 1996, 89-bet 
12
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 494-bet 
13
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 494-bet 
14
Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 8-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 440-bet  
15
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. 9-jild. - T.: “O'zbekiston”, 2001, 222-bet 


qarash  va  yondoshuvlarga  nisbatan  yangicha  konseptual  g‘oyalar  asoslab  berildi  va  
ishlab chiqilganligini quyidagi g‘oyalar orqali ko‘rish mumkin: 
“Biz  bundan  buyon  eskicha  yasholmaymiz  va  bunday  yashashga  zamonning  o‘zi 
yo‘l  qo‘ymaydi”
16
  –  deb  ta'kidlaydi  Birinchi  Prezident  I.Karimov.  Demak  jamiyat 
rivojlanishi  to‘g'risidagi  qarashlarni  o‘zgartirish  jamiyat  rivojlanishi  bilan  bog'liq  kommunistik 
g‘oya aqidalardan voz kechish zamon o‘zgarishlarini hisobga olishga alohida e'tibor qaratiladi. Va 
mavjud 
an'anaviy 
qarashlarni 
o‘zgaritirish  
bilan bog'liq g‘oyalar va qarashlar o‘rtaga tashlanadi. 
Natijada 
jamiyat 
rivojlanishi 
to‘g'risida 
mavjud 
bo‘lgan  an'anaviy  qarash  
o‘zgardi. Uni quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin: 
• jamiyat, jamiyat rivojlanishi tushunchalariga yangicha qarash amalga oshirila boshlandi. U 
materialistik dialektika qolipidan, prinsiplaridan xalos etildi; 
•  jamiyat  taraqqiyoti  faqat  moddiy  ishlab  chiqarishga  bog'liq  degan  g‘oyaga  yangicha 
qarashga  asoslanildi.  Formatsion  qarashdan  voz  kechildi.  Jamiyat  taraqqiyotiga  sivilizasion 
yondoshuv amal qila boshladi
• jamiyat taraqqiyotiga sinfiy qarashdan voz kechildi. Jamiyat rivojlanishida inson omiliga 
– oliy qadriyat sifatida qarala boshlandi; 
• jamiyat rivojlanishini inson va ongi tafakkuriga bog'liq ekanligiga alohida e'tibor berila 
boshlandi. “Ong va tafakkur o‘zgarmasa ijtimoiy hayot o‘zgarmaydi” (I.Karimov) degan  g‘oya 
ilgari surildi va ilmiy asoslab berildi; 
•  jamiyat  iqtisodiy  negizi  o‘zgartirildi.  Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  mulkning  xilma-
xilligiga o‘tildi. 
• Jamiyat  rivojlanishi “ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi”
17
  bilan  bog'liq  qonuniyatga 
amal qila boshladi.  
Jamiyat 
rivojlanishi 
to‘g'risidagi 
yangicha 
ilmiy-nazariy 
g‘oyalarning  
o‘zgarishi 
ijtimoiy 
hayot 
sohalarini 
tubdan 
o‘zgartirish 
bilan 
bog'liq. 
Bu  
buyuk siyosat va davlat arbobi I.Karimov asarlarida “O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan 
rivojlanishi” hamda “o‘zimizga xos va mos taraqqiyot yo‘lidan boramiz” va “o‘z kelajagimizni 
o‘z  qo‘limiz  bilan  quramiz”  g‘oya  va  maqsadlarida  orqali  aniq  ifodasini  topadi.  Va  jamiyat 
rivojlanishi buning uchun muayyan o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tish zarurligi, 
mohiyati asoslab beriladi. 
Jamiyat  ijtimoiy  hayoti  sohalaridagi  tub  o‘zgarishlar  deganda  uning  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy  g‘oyaviy  asoslarini tubdan  o‘zgartirish  va  yangicha asosga (negizga) 
o‘tkazilishini  anglatadi.  Natijada  mustaqillik  tufayli  jamiyat  ijtimoiy  hayoti  sohalari  tubdan 
o‘zgardi. Uning huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida ko‘ramiz. Unga 
ko‘ra  “O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy  institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning 
xilma-xilligi 
asosida 
rivojlanadi. 
Hech 
qaysi 
mafkura 
davlat 
mafkurasi 
sifatida 
o‘rnatilishi mumkin emas”
18

Shuni  ta'kidlash  kerakki,  Islom  Karimov  asarlarida  jamiyat  rivojlanishi  bosqichlari 
quyidagicha asoslab berilgan.  
1.  1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi  
2.  1991-2000 yillar - O‘tish davri bosqichi 
3.  2000-2007 yillar - Mamlakatni modernizasiyalash 
4.  2007  yildan  2016  yil  sentabrgacha  -  Mamlakatda  demokrataik  islohotlarni  
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi. 
Mazkur jamiyat rivoji bosqichlarida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada quyidagi tub o‘zgarishlar 
amalga oshirildi: 

Kommunistik g‘oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g‘oya: asosiy tushunchalari va 
tamoyillari ishlab chiqildi
                                                 
16
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T.: “O'zbekiston”, 2011 
17
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengimas kuch. T., 2008 
18
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 12-modda, 2017  



Milliy g‘oya negizlariga tayangan holda O‘zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning o‘ziga 
xos xususiyatlari asoslab berildi; 

Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar
demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi. 
         Xullas,  Islom  Abduganiyevich  Karimov  –  Milliy  g‘oya  va  mafkura  konsepsiyasining 
asoschisi  hamda  amaliyotga  faol  tatbiq  etuvchisi,  O‘zbekistonda  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 
jarayonlarning  xassos  yetakchisi,  Ona  Vatan  taraqqiyotining  yirik  ilhomchisidir.  Shu  sababli 
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: “Haqiqatdan ham, Birinchi Prezidentimiz 
biz  uchun  yangi  hayot,  yangi  jamiyat  asoschisi,  mustaqil  O‘zbekiston  bunyodkori  sifatida 
tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo‘lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi”
19


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin