MMC 61 Холбеков Наврузбек Ойбек угли Bitiruv oldi amaliyoti hisoboti
4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish Korxona masuliyati cheklangan jamiyat sifatida ish faoliyatini olib boruvchi xo’jalik yurutuvchi subyekt bo’lganligi uchun korporativ xaridlarda ishtirok etmaydi, shuning uchun men bu mavzu bo’yicha korxonaning 2021-yil va 2022-yillarda mijozlari o’rtasida bo’lib o’tgan shartnomalarni tahlil qildim. Korxona buhgalteriyasi hisob kitoblari bo’yicha ma’lum bo’lishicha 2021-yil korxona 2 ta yirik kompaniyalar bilan uzoq muddatli shartnoma asosida ish faoliyatini olib borgan. Shartnomalarning ikki solishtirma yillar kesimida quyidagi jadvalda aks ettirdim.
Olingan yillardagi ma’lumotlarga asoslanib korxona shartnomaga kirishgan mijozlarni ro’yxati jadvalda ask ettirildi. Agar jadvaldagi ma’lumotlarga izoh beradigan bo’lsak unga muvofiq MCHJ shaklidagi “Regal QK"2021-yilda 1ta doimiy mijozga ega bo’lgan va bu mijozlari bilan uzoq belgilangan summa bilan uzoq muddatli ya’ni 5 yillik shartnoma imzolangan. Bu ko’rsatkich 2022 yilga kelib mijozlar sonining 2taga oshishiga olib keldi. Demak 2022 –yil korxona o’zaro tijorat shartnomasi tuzgan mijozlar soni 2021-yilga nisbatan 1taga oshgan. 2022-yilda esa mijozlar sonining kengayishi yuz bergan ya’ni yanna 2 ta yirik kompaniyalarga xizmat ko’rsatish uchun o’zaro shartnomalar imzolandi. Unga ko’ra “BVKKN” MCHJ kompaniyasi bilan 675 mln so’mlik 1 yillik shartnomaga va “Samarkand touristic centre” MCHJ bilan esa 1620 mln so’mlik shartnomalari amalga oshirildi va bu esa korxonaning yanada ko’proq daromad qilishiga olib keldi. Yillik daromadining farqi esa 2021-yil bilan solishtirganda 2022-yilda 990 mln so’mdan 2084mln so’mga ko’tarildi. Ya’ni kompaniya daromadi bir yil davomida 1094 mln so’mlik daromadni qayd etdi.