4-sinf o’qish darsligida berilgan hikoyalarni o’rganish metodikasi
4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash m atn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilam ing ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o'quvchilar aniq tasaw ur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin:
1) so‘z bilan tasvirlash;
2) grafik tasvirlash.
So‘z bilan tasvirlash o'ziga xos murakkab ish turi bo'lib, unda manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So'z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o'quvchi matnni, undagi voqea sodir bo'lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko'rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So'z bilan tasvirlashda so'zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o'quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o'qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o'qituvchi matnning ma’lum qismidan o'quvchilarga juda ma’qul bo'lgan manzarani so'z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga m uallif so'zini tanlashni ham da turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko'rinishini, voqea sodir bo'lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Matnni so'z bilan tasvirlashga o'rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. So'z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so’ng amalga oshiriladi:
1. M atndan manzara, vaziyat yoki qahram onlam ing tashqi ko‘rinishi tasvirlangan o'rinlar aniqlanadi.
2. Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi.
3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko'riladi, ya’ni yozuvchi, shoir qo'llagan lug‘aviy birliklarga o'quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so'zni aniq tanlashga yordam beriladi.
4. So'z bilan tasvirlashga o'rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga foydalaniladigan so'zlar yozib qo'yilishi zarur. So'z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. Grafik tasvirlash ko'proq uyda bajariladi. Buning uchun o'quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o'qib chiqadilar, mazmunini o'zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o'quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma’nolar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Rasm lar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o'zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o'quvchilam ing ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O'quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan m uhim fikrlami yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash, shuningdek, o'qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn m azm unini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn m azm unini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, m atn qismlarining o'zaro bog'lanishini tushunishda o'quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stiradi. U lar m atnni m azm unan tugallangan qismlarga bo'lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o'rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik m ashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazm uniga mosini topib qo'yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o'rgatishda o'qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta ’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o'qituvchi rahbarligida tanlab o'qish hisoblanadi, bolalar m atndan o'qituvchi bergan savolga javob bo'ladigan o'rinni topib o'qiydilar. Reja tuzish „oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o'tkazib boriladi.
O'quvchilar 1 -sinfda o'qilgan kichik matnga o'qituvchi rahbarligida so'roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o'qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o'qilgan m atn rejasini jam oa bo'lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun aw al bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o'rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalaming o'zlari so'z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o'qiladi va qismlari bo'yicha tahlil qilinadi, so'ng o'quvchilar m atnning 1-qismini o'qiydilar, o'qituvchi ulardan qanday rasm chizish m umkinligini so'raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O'quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo'yadilar.
Ular qo'ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. O'quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o'tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o'rgatiladi:
1. O'qituvchi qismlarga bo'lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o'rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo'yadi. O'quvchilar matnning 1-qismini o'qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o'qituvchi xattaxtaning o'ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o'qilgan matnning rejasi hosil bo'ladi.
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g'oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o'qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
3. Qismlarga bo'linm agan m atn tanlanadi, sarlavhalar m atn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo'lish topshiriladi. Ular matnni o'qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar.
4. Qismlarga bo'linm agan m atn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo'lish topshiriladi. O'quvchilar m atnni o'qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. O'quvchilarda reja tuzish ko'nikmasi hosil bo’lgach, 3—4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo'ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gapiar shaklida bo'lishi lozim.
O‘quvchiIar lug'atini boyitish, nutqining hissiy ta ’sirini kuchaytirish, badiiy vositalardan foydalanish ko'nikm asini shakllantirish, nutq madaniyatini o ‘stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,0 ‘qish kitobi darsligidagi „Kitobga ixlos“ matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin: Kartonga ko‘chm a m a’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning m a’ nosini izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:
— Birikmalarni о 'qing. Tagiga chizilgan so ‘zlarning ma ’nosiga diqqat qiling. Ulaming qaysi ma ’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling. olovning qip -qizil tillari
— gurullab yonayo'.gan olovning yuqoriga bo'ralab-bo'ralab ko‘tarilishi; olovning ... tillari osmonni va lar
— baland ko'tarilar; o‘zini o‘tga urmoqchi
— olovning ichiga kirmoqchi. O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so'zlarni o‘z ma’nosida qo'llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning tili
— odamning tili; odam tili bilan yalaydi
— olov tili bilan osmonni yalaydi; o‘tga urmoqchi
— bolani urmoqchi. Qaysi birikmada ,,til“ , „yalaydi, ,,uradi“ so‘zlari o‘z ma’nosida, qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo'llanganligi aniqlanadi. O'xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gapiar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo'yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi:
— Gapni o'qing. Alanga nimaga o'xshatilyapti? ... yong'in borgan sari kuchayar, qimm atli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.
— Parchani о ‘qing. Suv alangaga qanday ta ’sir qildi? Nima uchun ? ...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi.
— Quyidagi parchada Ibn Sinoning holati nimaga o'xshatilyapti? ...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko'rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim -yorti kuygan bir necha kitobni qo'ltiqlagan holda uyiga jo'nadi... So'ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi:
— Berilgan gaplarni о ‘qing, tagiga chizilgan iboralarning ma 'nosiga diqqat qiling. Ularni bir so'z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma’nosini boshqa so'z bilan ifodalash mumkinmi?
1. Askarlaming suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi.
2. Kechasi uyqusi kelib, ko'ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko‘zi og‘riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda.
3. Ba’zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo ‘llarini qo’ltiqqa urdilar — ishonchini yo'qotdilar.
4. ... ko'pchilikning hafsalasipir bo‘ldi — ... ishini to ‘xtatdi.
5. ... kiyimi bilan o ‘zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi. 6. Oxiri baxayr bo'lsin — yaxshilik bilan tugasin.
7. ...nima to ‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman — o ‘ylayotganini; 8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradilar — yo‘q qiladilar va shu kabilar. Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan, muam moli o‘qitish metodlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning „Chin do‘st“ hikoyasini o'rganishda izohli o'qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o'quvchilarga lug'aviy ma’nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g ‘arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g'urbat kabi so'zlar izoh talab etadi.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asami yozuvchiga ergashib yaxlit o'rganish, obrazlar vositasida o'rganish, mavzuli-muammoli o'rganish alohida ajratib ko'rsatiladi. Boshlang'ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni, o'qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o'zgartirmagan holda undagi m a’noni, jozibani o'quvchilarga yetkazib beradi. Boshlang'ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, „Bobur va Humoyun" hikoyasini o'rganishda o'quvchilarga „Boburning aytgan gaplari o‘rinlimi?“, „Hikoyadagiday holat sodir bo'lishi mumkinmi?“ kabi muammoli savollar berish o'rinli bo'ladi. O'quvchilar asarni ichda o'qiydilar, jam oa bo'lib fikr alm ashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o’quvchilar ma’naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o'zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo'ladi. Asar tahlilida qo'llanadigan tanlab o'qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo'lishi ham m unozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o'rin muam moni yuzaga keltiradi. Endi o‘quv jarayoni oldida muammoni to‘g‘ri hal etish vazifasi turadi. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ham badiiy asar m atnini tahlil qilishda, um um an, badiiy asarlarni o'rganishda o'quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o'zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.