4-sinf o’qish darsligida berilgan hikoyalarni o’rganish metodikasi
2.2.Badiiy asar matni ustida ishlash Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o'rgatish vazifasi o'quvchilarda asami tahlil qilish ko'nikm asini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malakalarini shakllantirish bilan m atn ustida ishlashning o'zaro bog'liqligi asam i tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asami tahlil qilishning asosiy yo'nalishi m atnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash hisoblanadi. Asami tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog'liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni um umiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo'nalishini belgilaydi, shuningdek, m atnni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokam a qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida m atn ustida ishlashning quyidagi tu rlaridan foydalaniladi:
Tanlab o‘qish. Bunda o'quvchi m atnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asaming mazm unini oydinlashtirish, sababnatija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o 'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda „Oltin kuz“ m atnidan „Tabiatdagi o'zgarishlar berilgan qismlarni topib o'qing", „Baqa va taqa" ertagidagi „Taqachining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o'qish m atn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o'qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlarini o'stirish bilan birga ulaming ijodiy tasaw uri, nutqi va zehnini o'stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o'qish asar mazmuni yuzasidan bo'ladi. Masalan, 4-sinfda „Toshkentnoma"(M .Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o'qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:
— She’rdan o'zbek xalqining m ehm ondo'stligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. — Yoz faslining zo'rligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. „Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" (A.Oripov) asari matni yuzasidan „Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o'qing" kabi topshiriq berilishi mumkin. Tanlab o'qishning yana ham murakkabroq turlari m atndan sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o'rinlarini topib o'qish hisoblanadi. Masalan, „Xarita" (N. Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
— Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo'ydi? Shu o'rinni topib o'qing.
— Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o'rinni topib o'qing. Bunda o'quvchi biror qatnashuvchi shaxs o'zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o'qiydi. Tanlab o‘qish ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko'nikm asini shakllantirish bilan birga qo‘shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o'stirishga im kon beradi. Shuning uchun undan o ‘qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o'qish matn rejasini tuzishda (matn qismigalining mazmunini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahram onning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash (g‘oyani anglatgan o'rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi.
2. O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi qahram onlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar m a’lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Asar mazmunini o'zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savoltopshiriqlar.
2. Asar tilini o'rganish va o'zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi.
Agar o'qituvchi asar g'oyasini tushunishda o'quvchilarga yordam berishni ko'zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo'ladi. Anvar Obidjonning „Odobli bo'lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g'oyasi o'quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Hikoyadagi asosiy fikrni aniqlash uchun o'qituvchi „Anvar Obidjon aytmoqchi bo'lgan salom berish mavridlarini o'zso'zingiz bilan aytib bering", „Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", „Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O'tayevning „N on qayerdan keladi?" (4-sinf) she'ri asosida esa „Non nima? Uni ta’riflang", „Non qayerdan kelar ekan?", „Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o'rin berilgan. O'qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf „O 'qish kitobi“dan o'rin olgan „Qodir bilan Sobir“ matni yuzasidan o'quvchilarni o'z fikrini aytishga undovchi „Sobir o'qishdan kechikish sababini ochiq aytib to'g'ri qildimi?", „Uning o'rnida siz bo'lganingizda nima qilardingiz?" kabi savollar o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og'zaki nutqini o'stiradi va matnni yaxshi o'zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega.
Masalan, 4-sinf „O 'qish kitobi“dagi Qudrat Hikmatning „Bahor" she’ri asosida „She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", „She’rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering", „Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o'quvchilar faolligini oshiradi. Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 3. O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O'quvchilarni savol tuzishga o'rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo'ladi. O'quvchilar matnni ongli o'zlashtira olsalargina, m atn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarga savol tuzishni o'rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o'rgatish uchun o'qituvchi matnga o'zi tuzgan yoki „O'qish kitobi“da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun „Nega yoki bu savol qo'yilgan?", „Unda kim yoki nima haqida gap boradi?", „Savol ko'proq qaysi so'zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va m atndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o'rgatadi. Ikkinchidan, o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini m atnga savol tuzish yo'liga qaratadi va savol tuzishdan oldin m atnni diqqat bilan o'qish, qatnashuvchi shaxslami ko'rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o'rgatishning boshlang'ich bosqichida bu m ashq ja moa bo'lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo'ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nim a uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo'lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda „Ahillik ulug' baxt" ertagida „Odamlarning cholning bolalari haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing" topshirig'i berilgach, o'quvchilar „Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda „Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig'i beriladi:
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing.
— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo'llangan so'zlam ing m a’ nosini izohlash bo'yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto‘r so'zlarining m a’nosini izohlang)
— Hikoya qahram onlari yuzasidan savollar tuzing. Keyinchalik o'quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o'zlashtirib oladilar.