O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/14
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#119924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-sinf o’qish darsligida berilgan hikoyalarni o’rganish metodikasi

Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining asosiy poydevori hisoblanadi. Bu bosqichda o’qitiladigan fanlar orqali o’quvchilarning dastlabki bilim, ko’nikmalari, shuningdek ta’limning keyingi bosqichlarini samarali o’zlashtirishga nisbatan motiv shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida maqol, Hikoya, topishmoq, tez aytish janrlari orqali o’quvchilarning tafakkurini o’stirishda o’qish darslari asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. O’qish darslarini tashkil etishda DTS talablarining mohiyatini to’liq anglab yetish va ta’minlash, savod o’rgatish bosqichida o’quvchilar nutqini o’stirishga alohida ahamiyat berish, shuningdek o’quvchilarning bog’lanishli nutqlarini shakllantirish shakl va vositalarini aniqlash orqali jamiyat talablari asosidagi mustaqil fikrlovchi kadrlar tayyorlash samaradorligi oshadi. Shuningdek, boshlang’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodi orqali o’quvchilar tafakkurini o’stirishning shakl va vositalarini belgilash ishning asosiy maqsadi qilib olindi. Tadqiqot mavzusining o’rganilganlik darajasi: Xalq og’zaki ijodi namunalari buyuk folklorshunos olimlar H.Zaripov, T.Mirzayev, M.Jo’rayev, K. Imomov, B. Sarimsoqov, O. Safarov, O. Madayev, T. Sobitova, M. Afzalov, E. Musurmonov kabi bir qancha olimlar tomonidan o’rganilib, doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodi va uning janrlari orqali o’quvchilar tafakkurini o’stirishninig nazariy asoslarini belgilanib, ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning samaradorlik darajasi aniqlandi. Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridagi turli janrdagi xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rgatish darslarini tashkil qilish, uni sifatli o’tkazish va bu darslarda qanday metodlardan foydalanib, o’quvchilarning tafakkurini, nutqini o’stirish masalalari tekshiriladi.
Tadqiqot obyekti: Tadqiqotning obyekti sifatida umumiy maktabning boshlang’ich inflarida o’tkazilgan ona tili va o’qish darslari jarayonidan foydalanildi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin