4-sinf o’qish darsligida berilgan hikoyalarni o’rganish metodikasi
II.BOB HIKOYA O’QITISHNING BOSQICHLARI 2.1Asar bilan tanishtirish Tayyorgarlik davridan so'ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo'lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o'rganishga mo'ljallangan qismi yaxlit o'qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she’ming m azm unini to'g'ri idrok etish, shuningdek, m atnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o'qish katta ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1.Matn o'qituvchi tom onidan ifodali o'qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O 'quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o'qituvchi ularga boshlang'ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, „Hikoyaning qaysi o‘rni sizga yoqdi?“, „ Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?“, „Hikoya o‘qilganda siz qaysi o'rinda juda xursand bo‘Idingiz?“ kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o'quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o'quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko'zda tutadi.
2. Yaxshi o'qiydigan o'quvchiga o'qitish. O'quvchini oldindan d'qituvchi o'qish yo'llari bilan tanishtiradi va uning o'qishini o'zi kuzatadi, xato va kamchiliklami bartaraf etadi. Shundan so'ng tayyorlangan o'quvchi sinf jamoasiga o'qib beradi.
3. Og'zaki qayta hikoyalab, so'zlab berish. Bu o'qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar m atniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to'liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o'quvchilam ing badiiy asarni o'qishga bo'lgan qiziqishi susayadi.
4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o'quvchi o'qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O'zida ham yod olishga qiziqish paydo bo'ladi.
5. Asarning muhim dialogli o'rinlarini yoki butun asam i sahnalashtirish orqali tanishtirish.
6. Asarning bir qismini (muammoli o'rnini) o'qituvchining o'qib berishi, qolgan qismini o'quvchilam ing ichda mustaqil o'qishi.
7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o'qib berish. Bu asaming ta’sirini kuchaytiradi, o'quvchilam ing estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi. Umuman olganda, asaming janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o'ziga xos usullarini tanlash lozim.