O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 79,22 Kb.
səhifə6/6
tarix23.05.2023
ölçüsü79,22 Kb.
#120314
1   2   3   4   5   6
mikrokredit bosh ofisi amaliyot

Monetar targetlash rejimi
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.
Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.
Natijada markaziy banklar pul massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir ko‘rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab bo‘ldi.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
4. Mikrokreditbank bankining lizing operatsiyalari va boshqa xizmatlari.
Lizing (moliyaviy ijara) - bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob'ektini) mulk sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o'n ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi hisoblanadi. Lizing quyidagi elementlarga ega bo'ladi:
Mikrolizing - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladigan lizing;
Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste'mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas mulk (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno);
- lizing sub'ektlari - lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi.
- lizing beruvchi - lizing shartnomasi bo'yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob'ektini mulk qilib oluvchi bank;
- lizing oluvchi - lizing shartnomasi bo'yicha lizing ob'ektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan shaxs;
- sotuvchi - lizing ob'ektini lizing beruvchiga sotadigan shaxs;
- lizing shartnomasi muddati - lizing shartnomasi bo'yicha tomonlar majburiyatlarining tola bajarilgungacha bo'lgan davr;
- lizing muddatining boshlanishi - lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchining lizing ob'ektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana, ya'ni lizing ob'ektini dastlabki (boshlang'ich) tan olish sanasi;
- lizing to'lovlari - lizing beruvchining lizing ob'ektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko'p qismi, shuningdek lizing ob'ektini etkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchi daromadi yig'indisi;
- diskontlash - kelgusida aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablajlarining joriy ekvivalentini aniqlash;
- lizing ob'ektining xizmat muddati - lizing ob'ektiga qonun iujjatlari asosida amortizatsiya hisoblanadigan davr;
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amalyot davrida biz o’quv jarayonida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amalyotda o’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Amalyot davrida bizda amalyot subyekti haqida boshlang’ich tushunchalar paydo bo’la boshlaydi.Kelajakdagi ish faoliyatimizni tashkillashtirish uchun amalyot poydevori bo’lib xizmat qiladi. Amaliyot davomida talabalar ko’p malaka mahoratlarga ega bo’lishadi.Jarayonlarni tahlil qilib o’ziga kerakli ma’lumotlarni qabul qiladi.Amalyotdan olgan ma’lumotlar keyinchalik uning o’zining Kelajakdagi kasbiy ishlashiga ham katta yordam beradi. Nazariy ta’lim bizga ilmiy bilim bersa amaliy esa o’sha narsani ko’z oldimizda gavdalanishidir.
Mikrokreditbank bank bosh officesi ko’plab investitsion loyihalar tashkil etilayotgan bu iqtisodimiz uchun juda muhim jihatdir. Ish o’rinlari yaratib ,aholoni ish bilan taminlash muhim ahamiyatga ega. Aholi murojaatlari mutaxassislar tomonidan o’rganib chiqilib, to’g’ri yondashuv bilan hal etilmoqda.



1 w.w.w.lex.uz/

2 https://mkbank.uz/uz/about/

3 https://mkbank.uz/uz/

4 https://mkbank.uz/uz/about/ likvidlilik dinamikasi

5 https://mkbank.uz/uz/about/


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin