O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 79,22 Kb.
səhifə3/6
tarix23.05.2023
ölçüsü79,22 Kb.
#120314
1   2   3   4   5   6
mikrokredit bosh ofisi amaliyot

2005–2006 yillar
Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi.
Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijo­biy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit ba­zasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakl­lana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
2003–2004 yillar
Mamlakatimizda liberal­lashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri.
Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.
Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi.


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin