Makromarketingga quyidagi sohalar: marketing texnologiyasi, tovarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy resurslarni kengaytirish va jamlash marketingi, ijtimoiy marketing va h.k. kiritildi. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanishning mahsulidir. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur. Rivojlanmagan jamiyat: hamma o‘zi uchun mahsulot ishlab chiqaradi va sotuvchilar bo‘lmaydi, vositachilik rivojlanmaydi. Rivojlangan jamiyat: hamma narsa bozor orqali, degan g‘oyaga amal qiladi.
Makromarketing – «mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga jamiyat talab va istaklaridan kelib chiqqan holda yetkazib beriladigan ijtimoiy jarayondir»:
Butun bir tizimni qamrab oladi.
Bu samarali va adolatlimi?
Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng qo‘llanmoqda. Turizmning rivojlanishi tabiiyki, turizm marketingini, ta’lim xizmati bozorlarining kengayishi ta’lim xizmatlari marketingiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Agromarketing esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi sohasining o‘ziga xos tadqiqotlar kompleksidir.
Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks yondashuv talab etiladi. Bunga sabab quyidagilardir.
Notijorat tashkilotlar maqsadlarining ko‘p qirraliligi va daromadni oshirish maqsadining yo‘qligi
Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi tufayli daromadning pasayishiga olib kelishi
Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi
Davlatning notijorat tashkilotlarga e’tiborining kuchliligi
Ko‘rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika, Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa) maktablarining marketing klassifikatsiyalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |