O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
bozorga yorib kirish strategiyasi, bunda ishlab chiqarib bo‘lingan tovarlarga geografik yangi bozorlar qidirib topish ko‘zda tutiladi, shuningdek, firma savdosi sezilarli o‘sishini ta’minlovchi bozorlarning yangi demografik segmentlarini ham qidirib topish kerak bo‘ladi;
tovarni ishlab chiqish strategiyasi, bunda o‘sish masalasini firma egallab bo‘lgan bozor uchun innovatsion tovar siyosati hisobiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mukammallashtirish, uning iste’mol xossalarini yaxshilash, chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentlari uyg‘unligi, mahsulotlarning yangi modellari va turlarini yaratish, qadoqlarini o‘zgartirish, ushbu bozor uchun yangi tovar ishlab chiqish va chiqarish yo‘li bilan hal qilish ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhni integratsiyalangan o‘sish strategiyasishakllantiradi, u yangi strukturalar qo‘shish orqali firmani kengaytirish bilan bog‘liq. Firma mulk sotib olish yo‘li bilan ham, ichdan kengayish yo‘li bilan ham integratsiyalangan o‘sishni amalga oshirishi mumkin. Bunda ikkala holatda ham firmaning holatida tarmoq ichidan o‘zgarish yuz beradi. Integratsiyalangan o‘sish strategiyasining uchta turi ajratiladi: