O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing


likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə84/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi-o‘zida qisqartirish strategiyasining oxirgi holatini aks ettiradi va firma endilikda biznesni yurita olmaydigan holga tushib qolganda amalga oshiriladi;

  • hosil yig‘ish” strategiyasi kelajagi yo‘q, sotishdan foyda olinmaydigan, lekin biznesni asta-sekin nolga tushirishdan daromad keltirishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi;

  • ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko‘pincha, diversifikatsiyalangan firmalar tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda yoki sotganda realizatsiya qilinadi.

    Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni realizatsiya qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda keng tarqalgan. Bunday hollarda firma aralash (kombinatsiyalangan) strategiyani amalga oshirmoqda, deyiladi.

    To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion o‘sish strategiyasi mos keladi.

    Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi diversifikatsion o‘sish strategiyasi bo‘lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan holatda bo‘lsa yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab pasayib ketsa yoki monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foydalanish hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi.

    Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar hisoblanadi:


  • 1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   276




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin