Maqsadli marketing — bozor segmentlarini chegaralash, chegaralangan segmentlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish va har bir tanlab olingan segment uchun alohida-alohida tovarlar marketingi kompleksini ishlab chiqish jarayoni.12
Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji (ingl. product image) — bozorda tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori(marchandising direktor) — ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler, distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs.
Narx; baho (ingl. price) — tovar yoki xizmat qiymatining pulda ifodalanishi.
Narx siyosati — tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabatlarining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash.
Netto-og‘irlik — qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «bruttoog‘irlik».
Oligopsoniya — xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor— ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar bozori.