Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar obrazini yaratish
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing choratadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.
Promo-sayt(promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlangan sayt.
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini tariflash uchun foydalaniladi.