Savdo madaniyati — tovar harakatining umumiy yagona silsilasida chakana savdo jarayonlarini birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxonalaridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim.
Savdo markasi(ingl. trademark) — yuridik jihatdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydi.