Xalqaro marketing muhiti — jahon bozoridagi o‘zgarishlar maydonini, aniqrog‘i, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy omillar va boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi marketing muhitini ifodalovchi termin.
Xizmatlar marketingi — xizmat ko‘rsatish doirasida marketing tovarlar ijarasi, ularni ta’mirlash yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Obyektiv jihatdan ba’zida tovarlar va xizmatlar farqlanishi qiyin kechadi, umuman olganda, xizmatlarning to‘rt xil xarakteristikasi mavjud: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi, xizmat ko‘rsatuvchidan ajratib bo‘lmasligi va sifat jihatdan o‘zgaruvchanligi.
Dostları ilə paylaş: |