O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Marketing axborotlarini to‘plash usullari:
Kabinet axborot to‘plash usuli bilan boshqa maqsadlarda: davlat statistikasi, soliq idoralari, tijorat banklariga oid va boshqa talab etiladigan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan maqolalar, nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vositalaridagi axborotlar yig‘iladi;
Dala usuli bilan axborot yig‘ishda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bozordan, korxonada, maxsus tanlangan joylarda so‘rov, eksperimentlar va kuzatishlar orqali to‘planadi;
Kabinet va dala usuli aralashmasi:kabinet usulida ikkilamchi va mavjud axborotlar yig‘iladi, dala tadqiqotlariorqali esa yangidan ma’lumotlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida aytilganidek, kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi.
Kuzatuv — birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni jarayon, voqea, harakatlar sezish organlari orqali ko‘rib yozib boriladi.
Eksperiment — birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda tadqiqotchining faol qatnashishi orqali to‘planadigan metod. Eksperiment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi tufayli marketing qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘proq ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi.
So‘rov — biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikrmulohazasi, tafakkuri, dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida o‘tkaziladi.