O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “bilmadim ” kafedrasi


Korxonalar xo’jalik hayotida innovatsion faoliyatning ahamiyati



Yüklə 132 Kb.
səhifə3/6
tarix06.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#125866
1   2   3   4   5   6
1.2.Korxonalar xo’jalik hayotida innovatsion faoliyatning ahamiyati.

Innovatsiya – bu korxonaning ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan, uning raqobatbardoshligini o’sishini ta’minlaydigan pirovard faoliyat natijasi bo’lgan ixtiro, yangi texnologik maxsulot, xizmat yoki tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy xarakterdagi, tayyor, innovatsion mahsulotdir.


Innovatsion faoliyat – bu marketing instrumentlaridan samarali foydalgan holda, xo’jalikning raqobatbardoshligini o’sishini ta’minlash maqsadida, korxona moliyasi orqali yakuniy natijada iqtisodiy faoliyatida innovatsion yangilikni yaratishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqotlar, texnik ixtirolar yaratish va joriy etish jarayonidir.
Korxona innovatsion infratuzilmaga ega bo’lganda mavjud muhit doirasida unga mos loyixani joriy etilishi innovatsion faoliyatni amalga oshishini ifoda etadi. Innovatsion faoliyatning bog’lanishida uning muhim elementi bo’lgan kadrlar, moliyaviy, axborot, moddiy-texnik ko’rinishdagi resurslar va solohiyatli kadrlar turadi. Loyihani yakuniy chiqish qismida yangi texnologiya, mahsulot, xizmat, yangi tashkiliy va boshqaruv shaklida yoki intelektual mulk shaklidagi patentlar, lizenziyalar, nou-xau va induviduallashtirish vositalari ko’rinishidagi innovatsiya turadi. Bu bilan xo’jalik sub’ekti innovatsion faoliyat natijasida bozorda muvoffoqiyatli rivojlanish uchun raqobat ustunligiga ega bo’ladi,o’z salohiyatini oshiradi va ilmiy kadrlarni rivojlantiradi.
Korxona uchun bozorga innovatsiyani chiqarishdan maqsad intellektual mulkka egalik qilish xuquqi bilan uning raqobatbardoshligini va yalpi daromad xajmini oshirishdan iborat bo’lishi kerak. Bu esa o’z navbatida, yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun korxonada zaruriy resurslarni shakllantiradi.
Innovatsion siyosatning strategik maqsadi – ilmiy g’oya va ishlanmalarni raqobatbardosh tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, shuningdek, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyatni saqlab qolish va rivojlanishni ta’minlovchi qulay innovatsion muhitni yaratishdan iborat3. Milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirish butun bir innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog’liq. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash darajasi va sifatini oshirish, ekotizimga salbiy antropogen ta’sirlarni kamaytirish bilan bir vaqtda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va korxonalar farliyati samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan innovatsion siyosatning muhim vazifalari quydagilardan iborat:

  • asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining tibbiy iste’mol me’yorlariga mos bo’lishi;

  • hududlararo almashish va eksport ahamiyatiga ega bo’lgan istiqbolli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

  • qo’shilgan qiymatning ulushi va iqtisodiy samarasi yuqori bo’lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

  • mayda va yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir-birini to’ldiruvchi maqbul nisbatda bo’lishi;

  • ekotizimga antoropogen ta’sirni kamaytirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligining oshirilishi.

Milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim shakllaridan biri bu innovatsiyalar bozoriga ilmiy-texnik mahsulotlarni kiritishni, axborot-maslahat ta’minotini, loyihalarni ekspertizasini, takliflar va buyurtmalarni, tajriba ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish, moliyalash uchun moliya-kredit tuzilmalarni vujudga kelishini tashkil etadigan korxonalarni shakllantirishni ko’zda tutadigan innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotda bugungi kunda tarmoqni innovatsion rivojlantirishning ilmiy-texnologik, boshqaruv va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm ta’siri ostida amal qilishi lozim. Ko’rib chiqilayotgan mexanizmni tadqiq etish bizga uning quyidagicha mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyotda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi - bu ITTKIni tashkil etish va rivojlantirishda o’zaro bog’liq shakl va yo’llar tizimi bo’lib, milliy iqtisodiyotning ilmiy-texnik sohasida biznesni rivojlantirish va innovatsion jarayonlarning barcha bosqichlarida (tashkil etish, tarqatish, innovatsiyalarni joriy etish va o’zlashtirish), ishlab chiqarishni ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish darajasini ko’tarish maqsadida uning ishtirokchilarining o’zaro xamkorligi asosida davlat tomonidan qo’llab quvvatlash hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish iqtisodiy mexanizmining mazmunini tadqiq etish undagi yalpi instituttsional, instrumental, uslubiy va me’yoriy-xuquqiy komponentlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Ularning xar biri ishlab chiqarishda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning mustaqil shakl va yo’llarini va shu bilan birga ularning asosiy xal etadigan vazifalar yo’nalishini belgilab beradi. Ularga: innovatsiya shakllanishining barcha jarayonlarida xo’jalik sub’ektlari innovatsion faolligini rag’batlantirish; xo’jalik sub’ektlarining innovatsion salohiyatini (innovatsion, texnologik, kadrlar, ilmiy, iqtisodiy va hokazo) oshirish; tarmoqning investitsion jozibadorligini oshirish; infratuzilma va mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish. Milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag’batlantirishning samarali shakli sifatida davlat-xususiy sektor xamkorligi tamoyili asosida ya’ni davlat mexanizmidan foydalanib innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda xususiy biznes ishtirokini rag’batlantirish, resurslarni birlashtirish, foyda va tavakkalchilikni taqsimlash, raqobat muhitini shakllantirish va shu bilan bir vaqtda-byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga turtki beradigan davlat kapitalining ishtiroki bo’lishi lozim.
Xorij tajribasini tadqiq etish shuni ko’rsatmoqdaki, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish tarmoq ITIning ilmiy-tadqiqot faoliyatini, ularga imtiyozlar taqdim etish orqali rag’batlantirishdan boshlash, biznes, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlarini milliy iqtisodiyot sohalarida milliy dasturlar doirasida davlatning ilmiy-texnik mavzulari bo’yicha ishlayotgan innovatsion kichik korxonalar bilan integratsiya uchun keng shart-sharoitlarni yaratish lozim4.
Iqtisodiy mexanizmning ta’sirchan roli natijasida milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag’batlantirish shakl va yo’llari tizimini aniqlash imkon tug’iladi.
Rasmdagi tasnifdan ko’rinadiki, innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag’batlantirish shakllari etarli darajada turli-tumandir va buning natijasida shunga mos ravishda uni amalga oshirish yo’llari bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish maydoni ham kengdir. Ta’kidlab o’tish muhimki ularning xar biri mustaqil va maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, tarmoqni investitsiyalashda davlat-xususiy sektor xamkorligi doirasida ularning barchasi bir-birini to’ldirishi lozim.
Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi amal qilishi ilmiy tadqiqot ishlarni tashkil etish shakllari va yo’llarida, ilmiy-texnik faoliyat sohasida biznesni rivojlantirish va uning barcha ishtirokchilarining o’zaro xamkorligida innovatsiyaning joriy etishning barcha bosqichlarida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga asoslanadi. Shunday ekan, innovatsiyalar jamiyat rivojlanishini asosiy qonunlarini amalga oshirishning zaruriy elementi, uning rivojlanish va dinamiklik sharti hisoblanadi. Jamiyatda korxonalarning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga daxldor bo’luvchi turli-xil innovatsiyalarni o’zlashtirish yo’li bilan ro’y beradi. Negaki, bu yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotda g’oyalar, ixtirolarni real amaliyotga tez tatbiq etish qobiliyatiga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o’tish uchun muhim omilga aylanadi.
Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ilmiy-ta’minot tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Respublika hukumati tomonidan ushbu tizimni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida bir kator islohotlar amalga oshirildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad ilmiy-ta’minot mavqeini ko’tarish, fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishdan iboratdir.
Innovatsiyalar korxonaning raqobat muhitidagi ustunligini shakllantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalar asosida ularning tovar ishlab chiqarish va sotish sohalaridagi faolligini oshiradi. Demak, tashqi va ichki bozordagi raqobat kurashida innovatsiyalardan foydalanish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar o’rta va yuqori raqobatbardoshlik avfzalliklarini shakllantiradi. Mutanosib ravishda korxona raqobatbardoshligini innovatsion rag’batlantirish deyilganda, mahsulotlar sifatini oshirish, xarajatlarni qisqartirish, iste’mol tovar mahsulotlari assortimentini ko’paytirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va korxonani boshqarish tizimida innovatsion raqobatbardoshlik afzalliklarini yaratish va amalga oshirish tushuniladi.
Iqtisodiy o’sishning muhim yo’nalishlaridan biri uzluksiz innovatsion jarayonga o’tish hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining jadalligi iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilaydi. Bozordagi shiddatli raqobat kurashi sharoitida faqatgina, ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun qulay sharoit yaratuvchi korxonalargina g’olib bo’ladi. Raqobatda ustunlikni qo’lga kiritish va uni ushlab qolishga faqatgina, innovatsiya orqali erishish mumkinligi ilgari surilgan bot-bot tasdiqlangan qarash bugungi kun korxonalarining aksiomasi bo’lib qoldi. Har qanday ilg’or korxona shaxsiy strategiyasi bo’lishiga qaramay, shuni biladiki, doimiy yangilanish va takomillashish ishlab chiqarish darajasini yuqori va samarali qila oladi. Innovatsiyalar asosida tovar va texnologiyalarga raqobat afzalliklarini berish, o’z navbatida, korxonaga raqiblardan texnologik ustun bo’lish imkonini beradi. Ammo korxona uchun raqobat ustunligiga ega bo’lish asosiy maqsad emas, muhimi, korxona faoliyatining to’g’ri yo’nalishi bo’yicha strategiyani tanlab, shu yo’nalishda mohirlik bilan ish olib borish va pirovardida raqobat kurashida muvaffaqiyatni qo’lga kiritishdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, innovatsion faoliyat, qaysi tarmoqdaligidan qat’iy nazar, izlanish, qayta ishlash va takomillashgan yangilik hamda texnika-texnologiyalarni o’z ichiga olgan jarayonlar majmuasi hisoblanadi. Demak, qo’shimcha daromad olish yoki o’sha hajmni saqlab qolish uchun texnika va texnologiyalarni innovatsiya ishlanmalari bilan takomillashtirib borish lozim

Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin