O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “bilmadim ” kafedrasi


II Bob. 2.1.O’zbekistonda Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi



Yüklə 132 Kb.
səhifə4/6
tarix06.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#125866
1   2   3   4   5   6
II Bob.
2.1.O’zbekistonda Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi.

O’zbekistonda innovatsion jarayonlarni rivojlanish nazariyalari, shakllanishi va milliy iqtisodiyot o’sishini ta’minlashdagi imkoniyatlari xususida tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan oldin «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish» nazariyalarning xalqaro miqyosda o’rganish boshlangan davriga e’tibor qaratish lozim.


Chunki, zamonaviy sharoitda innovatsion iqtisodiyot rivojlangan va o’zining tegishli samarasini berayotgan mamlakatlarda «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish» emas balki, dastlab «innovatsiya»ning nazariy asoslari XX asrning birinchi yarim yilligida fanga kirib kelgan. Bu davr 1920-1930 yillarga to’g’ri keladi, bundan ko’rinadiki xalqaro miqyosda ham innovatsiya, innovatsion iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish bilan bog’liq nazariyalarni tadqiq qilish unchalik chuqur tarixga ega emas.
Bizga tarixdan ma’lumki, O’zbekiston bu davr (1920-1930 yillar)da xo’jalik yuritishning tubdan yangicha bo’lgan xususiy mulk va raqobat mexanizmlarini qat’iy ravishda inkor etadigan tizimga o’tish jarayonini boshidan kechirayotgan edi. Bundan ma’lum bo’ladiki, bu davrda O’zbekistonda «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish»ning nazariy asoslarini tadqiq qilish emas, balki bu to’g’rida so’z yuritish ham mumkin emas edi.
Demak, o’z-o’zidan ayon bo’ladiki, O’zbekistonda «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish»ning nazariy asoslari xususida tadqiqot ishlarini amalga oshirish, uni amaliyotga joriy etish bilan bog’liq masalalar mamlakatimizda bozor munosabatlari joriy etilgan 1991 yillardan boshlangan. Agar, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi 10 yillik davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu davrda bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, tegishli qonunchlik va me’yoriy hujjatlar bazasini yaratish bilan bog’liq ishlar amalga oshirilgan.
Haqiqatda ham O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tgan 1991 yildan 2000 yilgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida, ilmiy asarlarda, shuningdek milliy iqtisodiyotda xo’jalik yuritish tizimini boshqarish bo’yicha qabul qilingan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish»ning nazariy va amaliy masalalariga etarli darajada e’tibor qaratilmagan.
Bugungi kunda O’bekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya’ni yangi g’oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, ta’lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo’lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag’batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko’maklashadigan bir qator aniq texnik echimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O’zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish bilan bir qatorda nanoindustriya tarmoqlarini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko’tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo’lib, o’z faoliyati doirasida yuqorida aytib o’tilgan dolzarb masalalar echimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Innovatsiya vazirligi 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asosan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi № PF-5264-son «O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi № PQ-3416-son O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-3899-son «Ilmiy va innovatsion faoliyatni integratsiya qilish tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi, № PQ-3682-son «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, № PQ-3683son «O’zbekiston Respublikasida urug’chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi, № PQ-3697-son «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi, № PQ-3698-son «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi hamda № PQ-3855-son «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorlari hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
O’tgan vaqt davomida vazirlik faoliyati innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar negizida iqtisodiyotning barcha tarmoq va ijtimoiy sohalarini jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlashga qaratildi. Jumladan, innovatsion g’oya va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ huquqiy bazani yaratish doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori va 4 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari (jami 26 ta) tasdiqlandi. Bular qatorida eng asosiylari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son farmoni 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik tomonidan O’zbekiston Respublikasining «Fan to’g’risida»gi hamda «Innovatsion faoliyat to’g’risida»gi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi.
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar:
Faqatgina katta imkoniyatga ega, ilmiy-tadqiqot bazasi, kuchli va uzoq muddatli ilmiy - tadqiqot dasturlari mavjud kompaniyalargina, bozorda chindan ham raqobatlasha olishlari mumkin. Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiyalar” paradigmasi, deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqatgina o’zlarining ichki imkoniyatlariga tayanib ish ko’rishga majbur qiladi. Ular ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta sarmoya kiritganliklari bois, bozorga ildam kirib borish tavsifiga ega bo’lgan kashfiyot va ixtirolarga ega bo’ladilar. Bunday kashfiyotlar mazkur kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish evaziga mahsulot va xizmatlar savdosining kat
Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin