O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “bilmadim ” kafedrasi


Sanoati rivojlangan davlatlarda ilmiy-innovatsion rivojlanish modellari



Yüklə 132 Kb.
səhifə5/6
tarix06.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#125866
1   2   3   4   5   6
2.2.Sanoati rivojlangan davlatlarda ilmiy-innovatsion rivojlanish modellari.


Sanoati Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion salohiyatni tahlil qilish va taqqoslash borasida ilg’or tajriba to’plangan.
YuNKTAD ekspertlari mamlakatlarning muayyan mezonlar bo’yicha innovatsion salohiyatini tahlil qilishni taklif qiladilar. Xalqaro tadqiqotlar amaliyotida ko’pgina indekslar qo’llanilib, ular yordamida jahon mamlakatlarining innovatsion salohiyati dinamikasida tahlil qilinadi.
Bugungi kunda iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish ko’rsatkichlarini tadqiq etadigan bir qator xalqaro tashkilotlar mavjud. Ular INSEAD, World Economic Forum, Jahon banki, Evropa Komissiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Bloomberg va shu kabilardir. Ular turli ko’rsatkichlar majmui orqali mamlakatlarning innovatsion salohiyati, innovatsion rivojlanish institutlari faoliyati va shu bilan bog’liq bo’lgan yakuniy natijalarini baholab chiqadilar.
Masalan, World Economic Forum tashkiloti tomonidan har yili chop etiladigan Xalqaro raqobatbardoshlik reytingida 137 mamlakat iqtisodiyoti 12 ta ko’rsatkich guruhlari orqali baholangan. Ulardan bittasi - innovatsion salohiyat hisoblanadi. Mazkur blokga innovatsiyalar uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik baza va pul mablag’lari, ilmiy-tadqiqot institutlar sifati, korxonalarning innovatsion faoliyatga bo’lgan xarajatlari, ushbu sohada ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi natijalari, davlatning yuqori texnologik tovarlarini sotib olish hajmi va patentlash borasidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.
Har yili xalqaro innovatsion indeks ham aniqlanadi. Uning hisob-kitobini amalga oshirishda INSEAD tashkiloti tomonidan quyidagi ko’rsatkichlar inobatga olinadi:
Evropa Ittifoqida mintaqaga kiruvchi mamlakatlarning innovatsion salohiyatini baholashda 27 ta indikatordan iborat, 4 guruh ko’rsatkichlar qo’llaniladi (European Innovation Scoreboard). Mazkur guruhlarga mavjud shart-sharoit, investitsiya, innovatsion faollik ko’rsatkichlari va ularning ta’siri o’rganiladi.
Jahon mamlakatlari innovatsion potentsialining mavjud ko’rsatkichlari, odatda, ta’lim, ilm-fan, texnologiya, ishchi kuchi kapitali, mamlakatdagi siyosiy va innovatsion muhit kabi sohalarni o’zida mujassam etgan “og’irliklar”ga ega bo’lgan 100 ga yaqin miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi. Shuningdek u rasmiy milliy statistika, jamoatchilik fikri hususidagi so’rovnoma natijalari hamda ekspert tadqiqotlaridan iborat ma’lumotlarni birlashtiradi.
Dunyoda har bir mamlakat uchun turli ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu ko’rsatkichlar o’rtasida muayyan darajada farqlanishlar kuzatiladi. Ular o’rtasidagi farqlar turli xildagi indekslarni hisoblash uslubiyati (indeksdagi axborot integratsiyasi algoritmi) bilan bog’liq. Chunki, har bir indeks muayyan tadqiqot yoki boshqaruv vazifasini hal qilish uchun ishlab chiqiladi.
Innovatsion salohiyatning ko’pgina subindekslari ilm-fan, texnologiya, ta’lim, madaniyat, ishchi kuchi kapitali va hokazolarda qo’llaniladi. Masalan, WEF Technology Index, Science and Technology Capacity Index RAND Corporation, Global Creativity Index, Innovative Culture Index, Green Innovation Index yordamida ekologik innovatsion rivojlanish (Eco-innovation Development) ni baholaydi. Bundan tashqari, ayrim davlatlar o’rtasida tuzilgan ittifoqlar uchun ham alohida indekslar ishlab chiqilgan, masalan, Summary Innovation Index faqat Evropa ittifoqi mamlakatlari uchun qo’llaniladi
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, texnik yangiliklarning harakatlantiruvchilari – bu, o’z faoliyatida davlat yordamiga tayanuvchi kichik ilmiy-texnik va innovatsiya firmalari hisoblanadi. Masalan, AQShda texnologik yangiliklarni joriy etish 80-yillardan boshlab iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari va nufuzli jihatlaridan biriga aylandi. Innovatsion muhit kichik korxonalar faoliyatini boshqarishning sof bozor mexanizmlari samarasizligini namoyon qiladi va davlat tomonidan innovatsion biznesni qo’llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishga majbur qiladi. AQShda bunday dasturlar 1982 yilda “Kichik biznesda novatorlik tadqiqotlarini rivojlantirish to’g’risidagi” Qonun qabul qilingandan keyin keng qo’llanila boshlandi. 1992 yilda Small Business Technology Transfer – STTR dasturi ishlab chiqilib, u kichik biznes korxonalari uchun davlat tadqiqot tashkilotlarining shartnoma asosida faoliyatini qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadi. Dasturning asosiy maqsadi – kichik kompaniyalarning yangi texnologiyalar asosida raqobatbardosh tovarlar yaratish uchun zarur moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini qo’shimcha mablag’ va vositalar bilan ta’minlashdan iboratdir. Bundan tashqari, dasturning yana bir maqsadi – universitet va federal ilmiy markazlar uchun ular tomonidan ishlab chiqiladigan yuqori texnologik mahsulotlarni kichik biznes korxonalarining tijorat borasidagi tajribasidan foydalangan holda bozorga chiqarish bo’yicha zarur imkoniyatlarni yaratish hisoblanadi. Innovatsiya loyihalarining hayot tsikli turli bosqichlarni bosib o’tadi: birinchi bosqich tugallangandan so’ng 35 % loyihalar davom ettirish uchun mablag’ va vositalar bilan ta’minlanadilar; ikkinchi bosqich tugagandan so’ng 50% loyihalar qo’llab-quvvatlanadi. Ikkinchi bosqichda 23% moliyalashtiriladigan loyihalar «yuqori novatorlik loyihalari» sifatida tavsiflanadilar. O’tkazilgan so’rovlar natijasiga ko’ra, bunday dasturlar amal qilmasa, kichik firmalar tomonidan qo’llanilishi mumkin bo’lgan loyihalarning faqat 16 foizigina amalga oshirilishi mumkin ekan. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI – NIOKR)ga federal fondlarni birlamchi taqsimlash bo’g’ini bo’yicha amalga oshiriladi. Hukumat maqsadli subsidiyalar, dotatsiyalar tadqiqot stipendiyalarini fundamental fanlar va ishlab chiqarish o’rtasida uzoq muddatli aloqalar o’rnatilganligi uchun ajratadi. Universitet olimlari sanoat kompaniyalari uchun qiziqarli bo’lgan muammolar bilan shug’ullanadigan injenerlik markazlarini tuzadi. Milliy ilmiy jamg’arma bunday markazlar uchun infratuzilmani yaratadi, ITTKIlar esa, buyurtmachilar tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat idoralari tadqiqotchilik loyihalarida teng huquqli moliyaviy hamkor sifatida qatnashadilar.
Ilmiy siyosatni amalga oshirishda AQSh hukumatining roli kuyidagilarda ifodalanadi:
- fundamental ilmiy g’oyalar zahirasini yaratadi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun zarur mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi;
- ilmiy – texnik loyihalarning moliyaviy risklarini kamaytiradi;
- akademik va amaliy fanlar o’zaro munosabatlarini tashkil etishda vositachilik funktsiyasini amalga oshiradi;
- ilmiy sohada nomutanosiblikni bartaraf etadi, ilm-fan moddiy-texnik bazasi qoloqligining oldini oladi, ilmiy tadqiqotlarning axborot bazasini rivojlantiradi.
Ilm-fan sohasidagi siyosatdan tashqari, turli davlat mahkamalari doirasida ijtimoiy harakterdagi tadbirlar ham amalga oshiriladi. Ular bevosita moliyaviy ko’makni ko’zda tutuvchi biznesning innovatsiya faolligiga qaratilgan bo’ladi, masalan, kichik firmalarda yangiliklarni joriy etishni qo’llab-quvvatlash dasturlari bo’yicha faoliyat shular jumlasidandir. Amaliy tadqiqotlarni yuritish uchun Milliy ilmiy jamg’arma mablag’laridan foydalanilib, ular tomonidan yaratilgan yangiliklarni joriy qilish markazlarini shakllantirishga yordam beradi va davlat mablag’lari hisobidan innovatsiya firmalariga tavakkalchilik kapitalini ajratadilar. Tavakkalchilik kapitali uchun maqsadli jamg’armalar, shuningdek, o’z byudjeti hisobidan mablag’lar ajratuvchi alohida shtatlar va shaharlar miqyosida ham shakllantiriladi. AQSh uchun davlatning innovatsion faolligiga ta’sir etishining o’ziga xos yo’nalishlaridan biri tovarlar va xizmatlarni o’zlashtirish uchun mo’ljallangan shartnoma tizimi hisoblanadi. Davlat haridlari – yangiliklarni joriy etish «talabi»ning muhim unsuridir. Ancha katta savdo hajmiga ega bo’lgan kafolatli bozorning mavjudligi ishlab chiqaruvchi firmalarga ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish va tajriba bo’yicha tejamkorlik asosida sarflarni keskin qisqartirishga imkon beradi. Yangiliklarning texnik ekspluatatsiya parametrlarini yaxshilash bilan bir qatorda, harajatlarni qisqartirish, uning bozorga chiqishi va taqsimlanishida etarli darajadagi samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Federal mahkamalarga qarashli ko’pgina shartnomalarning raqobatlilik xususiyatiga egaligi shartnomalarda kelishilgan majburiyatlarni qondirishga xizmat qiluvchi bir nechta turli yangiliklarni birdaniga yaratishga yordam beradi. Bunda federal hukumat faqat bitta ta’minotchiga tayanib qolmaslikka harakat qiladi va yangi mahsulotlar harid qilish bo’yicha birdaniga bir necha ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. Mahkama o’z asosiy ta’minotchisidan boshqa firmalarga shunday mahsulotlar ishlab chiqarish uchun litsenziyalar berishni talab qiladi, bu esa, yangiliklarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatning yanada kuchayishiga olib keladi.
Davlat yangiliklarni ishlab chiqaruvchi xorijiy sub’ektlar uchun to’siq qo’yib, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun tajriba to’plashga imkon beradi. Jumladan, yangiliklar asosida turuvchi ko’pgina kashfiyotlar hukumat buyurtmasi va mablag’lariga ko’ra yaratilgan. Avvalo, mutloq davlat bozori uchun mo’ljallangan mahsulotlar asta-sekinlik bilan fuqarolik tarmoqlari uchun ishlab chiqarila boshlandi. AQShda tahminan o’n besh ming atrofida kichik innovatsiya firmalari hisobga olingan. Hisob-kitob qilinishicha kichik firmalar yiriklarga nisbatan ikki marta ko’p yangiliklar yaratadilar, eng yangi mahsulotlar esa, bunday firmalarda 2,5 marta ko’p yaratiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab, uni tijoratlashtirish va yangi mahsulot bilan bozorga chiqishgacha bo’lgan vaqt davriyligi kichik firmalarda 2,2 yilga teng bo’lsa, yirik firmalarda bundan 1,5 marta ko’p vaqtni talab etadi. ITTKIga qilinadigan 1 dollarlik xarajat hisobiga kichik tadbirkorlik yirik korporativ tadbirkorlikka nisbatan 24 marta ko’p yangiliklar yaratar ekan.
Innovatsion faoliyatni bilvosita tartibga solishda esa, maqsadli soliq imtiyozlari berish, jadallashtirilgan amortizatsiya qo’llash, kredit olganda soliqqa tortishni kamaytirish, dividentlardan olinadigan soliq stavkasini pasaytirish, innovatsion korxonalarni tashkil etish uchun davlat mulkini imtiyozli yoki qaytarib olmaslik sharti asosida berish, innovatsion tavsifdagi yirik loyixalarda xissali ishtirok shaklida qatnashish, venchurli moliyalashtirishni rag’batlantirish, davlat kafolatlarini taqdim etish kabi usullardan foydalanilmoqda.
Fikrimizcha, Evropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasidan kelib chiqqan holda, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullaridan kompleks foydalanishni joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektning xissali ishtirok etishini ta’minlash, olinadigan dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini qo’llash innovatsion loyihani investitsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida arizalarni baholash va loyihalarning kelgusida bajarilishini nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi ettita qo’mita tuzilgan, Qo’mita tarkibiga olimlar, tadbirkorlar, shuningdek, hukumat boshliqlari kiritilgan. Zarur bo’lganda xorijdan ekspertlar jalb qilinadilar. Tadqiqotlar va ishlanmalar loyihalarini moliyalashtirish bo’yicha baholash va qaror qabul qilish quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
- loyihalar Gonkong sanoatini innovatsiya va texnologik jarayonlarini kayta tarkibiy uzgartirishga sezilarli hissa qo’shishi lozim;
- loyiha natijalari faqat bir kompaniyadagina emas, balki sanoatning bir yoki bir nechta tarmoqlarida qo’llana olishi lozim;
Koreya Respublikasida kichik biznesni moliyalashtirish tizimida kafolatli kredit jamg’armasi muhim rol o’ynaydi. U hukumat va ixtisoslashtirilgan moliya idoralari mablag’lari hisobidan tashkil etilgan. Jamg’armasi kreditli kafolatlarni qarz evaziga iktisodiyotining etakchi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik va o’rta korxonalar uchun beradi. Agar qarz bank tomonidan kichik va o’rta korxonalarning asosiy fondlarini investitsiyalash uchun taqdim etilsa, bunda 150 mln. von.gacha bo’lgan qiymatdagi qarz avtomatik tarzda 70 % sug’urtalanadi. Komission to’lov hajmi – yillik 1 % (yirik korxonalar uchun – 1,5 %).
Shu bilan birga, innovatsion faoliyatni investitsiyalashtirishda aholi jamg’armalaridan foydalanishni rivojlantirish zarur. Buning uchun esa ularni davlat banklarida to’planinshni rag’batlantirish uchun birinchidan, bank qo’yilmalari uchun to’lanadigan foiz darajalarini qayta ko’rib chiqish zarur bo’lsa; ikkinchidan, maxsus innovatsion investitsiyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan qimmatli qog’ozlar zayomlarni chiqarish zarur; uchinchidan, innovatsion yangiliklar asosida ishlab chiqarish sub’ektlarining oladigan foydalari darajasini o’sishidan innovatsion investorlar manvfaatdorligini oshirish zarur


XULOSA
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat sub’ekti sifatida davlatning o’rnini anglab olish o’ziga xos alohida e’tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog’liq bo’lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo’ladi. Bugungi kunda O’bekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya’ni yangi g’oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, ta’lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo’lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag’batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko’maklashadigan bir qator aniq texnik echimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O’zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish bilan bir qatorda nanoindustriya tarmoqlarini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko’tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo’lib, o’z faoliyati doirasida yuqorida aytib o’tilgan dolzarb masalalar echimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Demak, o’z-o’zidan ayon bo’ladiki, O’zbekistonda «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish»ning nazariy asoslari xususida tadqiqot ishlarini amalga oshirish, uni amaliyotga joriy etish bilan bog’liq masalalar mamlakatimizda bozor munosabatlari joriy etilgan 1991 yillardan boshlangan. Agar, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi 10 yillik davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu davrda bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, tegishli qonunchlik va me’yoriy hujjatlar bazasini yaratish bilan bog’liq ishlar amalga oshirilgan.
Haqiqatda ham O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tgan 1991 yildan 2000 yilgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida, ilmiy asarlarda, shuningdek milliy iqtisodiyotda xo’jalik yuritish tizimini boshqarish bo’yicha qabul qilingan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda «innovatsiya», «innovatsion iqtisodiyot» va «innovatsion rivojlanish»ning nazariy va amaliy masalalariga etarli darajada e’tibor qaratilmagan. Innovatsion mahsulotlar bozori uchun to’g’ridan-to’g’ri raqobatchi-larning bo’lmaslik holati ham xos bo’lishi mumkin, biroq bu bozorning mavjud emasligini bildirmaydi. Ushbu holatda, bozor potentsial iste’molchilar, ya’ni potentsial talab orqali taqdim etiladi. Mahsulotlarga potentsial talabni baholash potentsial iste’molchilarning muammolarini tahlil qilishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu bizga mahsulot va mavjud echimlar borasida batafsil ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Bundan tashqari, raqobatlashayotgan kompaniyalarning mavjudligi sharoitida ham, ishlab chiqarish darajasi korxonalar imkoniyatlari bilan chegaralanganligi bois o’xshash mahsulotlarni real ishlab chiqarishga nisbatan potentsial iste’molchilarni baholash sezilarli darajada katta ahamiyat kasb etadi.
Ko’pincha bozor hajmi haqida tayyor ma’lumotlarni topishimiz mumkin bo’lsada, topilgan barcha ma’lumotlar ham tadqiqotchining ehtiyojlariga mos kelavermaydi. Bunday holatlarda biz axborotlarni korrektirovkalash bilan bog’liq bozorni baholashning bilvosita usullaridan foydalanishimiz mumkin:
Ushbu holatda bozorda kuchlarning joylashuvi va bozorda kompaniyaning o’rni borasida tushuntirishlar beruvchi M.Porterning 5ta raqobat kuchi modeliga tayanib ish ko’rishimiz mumkin. Ushbu model bozorning kontseptual tahlilini o’tkazish, kompaniyaning asosiy bozor tahdidlarini va imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi, keyinchalik olingan ma’lumotlarni SWOT-tahlil matritsasida ifoda ettirishimiz ham mumkin.. Bozor to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib bo’linganidan so’ng, tadqiqotchi bozor miqyosi va rivojlanish dinamikasi, raqobatchilar va iste’molchilar haqida aniq ma’lumot to’plashi kerak bo’ladi. Bozor hajmini baholash ma’lum bir vaqt mobaynida muayyan bir mintaqada mazkur mahsulotning eng yuqori sotilish xajmini baholashni o’z ichiga oladi. Odatda bozor hajmi yillik ko’rsatkich asossida hisoblanadi. Ushbu qiymatni pul ifodasida aniqlash afzalroqdir, chunki bu shaklda turli bozorlarni bir-biri bilan taqqoslash imkoniyatlari ortadi, bu esa investorlar uchun etarlicha axborotlarga ega bo’lishi imkonini beradi.


Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin