O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BILMADIM ” KAFEDRASI “BILMADIM” fanidan KURS ISHI Mavzu: KORXONALARNING STRATEGIK RIVOJLANISHIDA INNOVATSION MUHIT SHAROITLARINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI Bajardi: Ilmiy rahbar: TOSHKENT–2021 Mavzu: KORXONALARNING STRATEGIK RIVOJLANISHIDA INNOVATSION MUHIT SHAROITLARINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI REJA:
KIRISH……………………………………………….
I Bob Korxona innovatsion faoliyati va uning ijtimoiy va iqtisodiy zarurligi.
1.1.Innovatsion faoliyat tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
1.2.Korxonalar xo’jalik hayotida innovatsion faoliyatning ahamiyati.
II Bob. O’zbekistonda innovatsion faoliyatning shart-sharoitlari va huquqiy asoslari milliy va xorij tajribasi .Qiyosiy masalalari
2.1.O’zbekistonda Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi.
2.2.Sanoati rivojlangan davlatlarda ilmiy-innovatsion rivojlanish modellari.
XULOSA…………………………………………………
FOYFALANILGAN ADABIYOTLAR…………………
Kirish. Hozirgi globallashuv sharoitida jahon xo’jaligi taraqqiyotining asosiy qonuniyati innovatsion yangilanish asosida nomoddiy xo’jalik faoliyatlarining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadigan “bilimlarga asoslangan yangi iqtisodiyot” ga o’tish hisoblanadi.
Jahon xo’jaligida tez-tez ro’y berib turadigan iqtisodiy inqirozlar tufayli vujudga keladigan qiyinchiliklarga qaramasdan, ijtimoiy boylikni yaratishning ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalarga asoslangan butunlay yangi tizimi shakllanib bormoqda.
So‘nggi yillarda kuzatilgan va hali beri davom yetib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi global iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarini qamrab olishi bilan birgalikda investitsiyalar oqimiga ham sezilarli darajada o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida investitsiyalar oqimining pasayishi ularni moliyalashtirish manbalarining qisqarishi bilan birga jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik va investitsion risklarning birmuncha oshishi bilan izohlanadi.
Investitsion oqimlarning o‘sishini chegaralashi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida quyidagilar ilgari surilmoqda: jahon iqtisodiyotidagi susayish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining qisqarishi riski, Yevropa mintaqasidagi qarzdorlik va budjet taqchilligi muammolari, yevro kursi taqdirining noaniqligi va moliya bozorlaridagi risklarning ortishi.
Investitsiyalarni jalb yetish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo‘nalishga alohida ye’tibor bilan qaraladi:
Ayniqsa,ye’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo‘ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga tatbiq qilishga intilgan.
Investitsiya siyosatida yesa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi1. Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda. Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo‘lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo‘llab- quvvatlash yo‘nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi investorlar foyda solig‘idan dastlabki 5 yil davomida to‘liq ozod qilinadi.
Investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq yetilishiga tayanadi.
Dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko‘rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‘ladi. Ushbu ikkala yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi.
Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo‘lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.
Taraqqiy yetgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog‘ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg‘armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan bo‘lib, undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga yerishilganligining guvohi bo‘lamiz.
Chet yel mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Yaponiyaning investitsiya siyosatining tajribasi o‘zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg‘or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Prezidentimiz alohida ta’kidlab o‘tganidek, "O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet yel investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb yetish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda. Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg‘or texnologiyalarni joriy yetish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va yekologik talofati kam bo‘lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo‘naltirilayotganining guvohi bo‘lamiz.